Аmaliy metodlar. Тasviriy san’atga o‘rgatish mobaynida bolalar turli materiallardan foydalanish
ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Rasm chizish,
loydan buyum yasash, applikatsiya turli
metodlardan hamda o‘rgatish usullaridan
foydalanishni talab qiladi, shu jumladan
bolalarda ko‘nikma
malakalarni hosil
qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish
talab qiladi. Amaliy metodlardan asosiysi
bo‘lmish, texnik va
ba’zan tasviriy
malakalarni o‘rgatadigan mashqlardir. Kichik
guruhda bu mashqlar bolalar uchun sezilarli
emasdir yumaloq shaklli predmetlarni yasashni o‘rganib, bolalar koptokni, olmani, apelsinni va shu kabi
predmetlarni yasaydilar. Yo‘llarni, yomg‘irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlarni chizishni mashq
qiladilar. Katta guruhdagi bolalar oldida esa to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lum bir topshiriq qo‘yiladi, chiroyli va to‘g‘ri
shtrix bilan chizishga o‘rganish. Shtrixlab chizishni ko‘rsatib bergandan so‘ng, bolalarga murakkab bo‘lmagan
predmet konturini (masalan: uy, qo‘ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo‘yamaslik rasmni xunuk qilib
qo‘yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlardan tasviriy xarakterga ega bo‘lgan topshiriqlarni
tushinish uchun foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir chiziq bilan inson boshining yonmacha qiyofasini
chizishni ko‘rsatib berganidan so‘ng, bolalar bir necha marta odam boshining rasmini qayta - qayta chizadilar.
Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo‘lsin. Har
bir mashg‘ulot faqatgina didaktik vazifasini emas, ya’ni ma’lum bir predmetni tasvirlashni o‘rgatish emas,
balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan
foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulini ko‘rsatmasi (to‘liq bo‘lmagan), o‘yinchoq
ko‘rsatmasi, eslatma va shu kabilar. Bolani shunday holatga qo‘yish kerakki, u o‘ylagan o‘yini bajarishi uchun
o‘zi yo‘l topsin. Shunday qilib u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga bog‘likdir: