O‘lchov asbobi qutblarini to‘g‘ri ulang va kuchlanish va tok kuchini o‘lchang.
Nazariy ma’lumotlar. Yarim o‘tkazgichli asboblarni o‘rganishda ularning turli parametrlari orasidagi bo‘glanishni ifodalovchi grafiklarni chiza olish juda muhimdir. Bunday grafiklardan biri volt-amper tavsifnomasi yoki V-I egri chizig‘i deyilib, asbobga qo‘yilgan kuchlanish o‘zgarishi bilan tok kuchinig o‘zgarishini yoki aksincha, tok o‘zgarishi bilan kuchlanishning o‘zgarishini bildiradi. Bu tajribada biz bir nechta rezistor (qarshilik)larning volt-amper tavsifnomasini chizamiz va chiziqli bog‘lanish tushunchasi ma’nosini anglab olamiz.
Tajribani o‘tkazish tartibi. 1.2.1-rasmda keltirilgan zanjirni yig‘ing.
2. Ishni ta’minlash manbai chiqish kuchlanishini minimalga keltirishdan boshlang, ta’minlash manbai chiqish kuchlanishini o‘zgartirib R qarshilikda kuchlanishlar tushuvi 1V bo‘lishini ta’minlang. 2.1-jadvalga Tok kuchi qiymatini milliamperlarda yozing. Bu tajribani R=1 kOm qarshilik uchun jadvalda keltirilgan kuchlanishlar uchun takrorlang.
3. R qarshilikni 2.2. kOm bo‘lgan qarshilikka almashtiring va 2.1-jadvalni shu qarshilik uchun yana to‘ldiring.
4. R qarshilikni 470 Om bo‘lgan qarshilikka almashtiring va 2.1-jadvalni shu qarshilik uchun yana to‘ldiring.
5. 2-topshiriqda olingan qiymatlardan foydalanib 2.2-rasmdagi grafikni chizing. Kuchlanishning har bir qiymati uchun tok qiymatlarini toping va belgilang. Bu nuqtalarni birlashtiring. Bu grafik koordinatalar boshidan boshlangan va V=5V, I=5mA qiymatlar kesishmasigacha bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lishi kerak.
6. Endi 3- va 4-topshiriqlardagi qiymatlardan foydalanib 2.2 kOm va 470 Om qarshiliklar uchun V-I grafikni chizing. Har bir qarshilikka mos keluvchi grafikni alohida markerlang.
Rezistorlarning V-I grafiklari ularga kuchlanish qo‘yilganda, tok kuchi qancha bo‘lishini yoki tok kuchi ma’lium bo‘lganda, kuchlanishlar tushuvi qancha ekanligini aniqlashga imkon beradi. Quyidagilarni aniqlash uchun olgan grafiklaringizdan foydalaning.
1kOm rezistor uchun agar V=2.7V bo‘lsa, I = ______________________
1kOm rezistor uchun agar I=5.8mA bo‘lsa, V = ______________________
1kOm rezistor uchun agar V=3.4V bo‘lsa, I = ______________________
1kOm rezistor uchun agar I=4.2mA bo‘lsa, V = _____________________
(e) Agar 470 Om qarshilikdagi tok kuchi 3.6 mA ga o‘zgarsa kuchlanishlar tushuvi __________voltga o‘zgaradi.
(f) Agar 470 Om qarshilikdagi kuchlanish 2.3V dan 3.1V gacha o‘zgarsa tok kuchi __________mA ga o‘zgaradi.