Kirish
So’ngi yillardagi tub islohotlar ta'lim mazmunini yaratish yo’lida
dastlabki
qadam bo’la oldi. Bundan keyingi strategik vazifa esa ta'limning shaxsga
yo`naltirilgan demokratik modelini vujudga keltirishdan iboratdir. Butungi
kunning xarakterli xususiyatlaridan biri sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan,
yuksak texnologik qurilmalarga ega bo’lgan jamiyatga o`tish bilan belgilanadi.
Bunday o`tish davri bilan bevosita bog`liq bo`ltan ijtimoiy, moddiy,
madaniy
taraqqiyotni tamoman yangi bosqichga ko`taradigan qator o`zgarishlarni vujudga
keltira oladigan yangi davr kishisi mustaxkam bilim, ko`nikma va saloxiyatga ega
bo’lishi kerak. Bu esa ta'lim tizimi, ayniqsa, ta'lim mazmunini yangi model asosida
ko`rishni taqozo qiladi.
Ta'lim mazmuni—o`qitish tizimining muhim tashkiliy qismi xisoblanib,
uning asosiy maqsadi o`zgarishlarni ta'lim mazmuniiing DTSda belgilab qo`yilgan
negiziga mutanosib tarzda kiritishdan iboratdir. O`qitish tizimidagi tashqiliy-
boshqaruv, iqtisodiy, xududiy islohotlarning mohiyati yangi, yuqori sifatli - ta'lim
jarayonini tashkil etishning barcha shart-sharoitlari
va mexanizmlarini belgilab
berishni taqozo etiladi. Bunday tashkiliy chora-tadbirlarning maqsadi esa
yangilangan ta'lim mazmunini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bugungi kunda
amaliy jihatdan o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini yangilash,
uning
demokratik modelini ishlab chiqish zaruriyati o`z yechimini kutayotgan strategik
muammolardan biriga aylanib qolgan. Mustaqillik yillarida O`zbekiston
Respublikasi ta'lim tizimida, ayniqsa, o`quv-biluv jarayoni mazmunida tub
o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat ta'lim standartlari negizida ta'lim
mazmuni
muayyan darajada yangilandi. Bir qadar shaxsga yo`naltirilgan ta'lim
texnologiyalari o`quv jarayoni amaliyotiga olib kirildi. Lekin fan-texnika,
texnologiya, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, shaxs extiyojlarining
muntazam ortib borishi davlat va jamiyatning
yosh avlod bilim saviyasi, kasbiy
bilim, ko`nikma va malakalariga bo`lgan talabning globallashuvi natijasida
ta'limning yangi ko`pxadli axborotlashgan mazmundagi modelini tanlash zaruriyati
tug`ilmoqda.
O`zbekiston Resvublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoning rivojlangan
davlatlari
bilan ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy hamda ta'lim soxasida keng ko`lamda
hamkorlikni yo’lga qo`ygan. O`zining axborot almashinuvi va muloqot ko`lamini
globallashtirib bormoqda. Natijada tobora rivojlangan bozor iqtisodiyoti
munosabatlari vujudga kelmoqda. Bu esa o`z navbatida yuksak darajada ijtimoiy,
iqtisodiy, ma'naviy-madaniy bilim, texnik va texnologik maxoratta ega bo’lgan
yoshlarni
tarbiyalab
yetishtirish
zaruriyatini
qo`ymoqda.
"O`zbekiston
Respublikasi davlat siyosatida ta'lim mazmunini muntazam yangilab borish, uning
demokratik modelini vujudga keltirish muxim
strategik masalalardan biri
xisoblanadi. Axborot va texnologiyalar asri bo’lgan XXI asrda esa bu muammo
yanada ko`proq dolzarblik kasb etmoqda.