topshiriqlarning
xar tomonlama o`ylab ishlab chiqilgan tizimi, xar
mavzuning o`zlashtirilishi muayyan pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladiki,
bunday sharoitda ta'lim rivojlanishga nisbatan ilgarilab boradi. O`quvchi, odatda
mustaqil bajariladigan topshirig`ini kichik guruxda o`zaro yordam, hamfikrlik
natijasida tez bajaradi. Kichik gurux uchun murakkablik qiladigan mashq va
masalalarni o`quvchilar jamoa bo`lib oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va
topshiriqlarning differentsiallik darajasidan kelib chiqqan xolda hamda bir mavzu
bo`yicha belgilab beriladigan topshiriqlar, udarning sifati, xar bir o`quvchining
namoyon qilishni talab qiladi. Shu bilan bir qatorda bunday topshiriqlarni bajarish
jarayonida o`quvchi o`z rivojlanishi va bilim sifatining darajasi va individual
xarakatlarini ham belgilab oladi. O`quvchi shaxsining o`ziga xos taraqqiyot
jarayoni quyidagilarda namoyon bo’ladi o`z bilimlarini oshirishda, u yoki bu o`quv
predmetini o`zlashtirishga moyillik tarzida ijodiy tafakkur, aqliy qobiliyatning
taraqqiyoti predmetiga nisbatan bilimdonlik, aqliy qobiliyat ijodiy tafakkurning
rivojlanishi, xissiyotni tarbiyalash, jamoa xayoti va o`quv-tarbiya jarayoniga
ijtimoiy psixologik jixatdan moslashish, o`z zimmasiga javobgarlikni olish
mustaqil qarorlar qabul qilish va unga mos xarakatlarni bajarish, jamoa orasida
odatlanish, tengdoshlari kabi kattalarga ham murojaat qila olish, hamda dadil
tanqid qila olish, boshqalarga yordam ko`rsatish, shaxsiy fikrini asoslash va
isbotlash, jismoniy madaniyat elementlarini namoyon qila olish, sog`lom turmush
tarzining qimmatli ahamiyatini anglab yetish, alkogol va narkotiklar zararini
tushunib yetish, estetik didga ega bo’lish, atrof-olamning go`zalligini xis etish,
tabiatga extiyotkorona munosabatda bo`lish ko`nikmalarini ma’nosini bila olish,
tahlil qilish, farqlash ko`nikmalariga ega bo’lish, boshqalarning fikrlarini
xurmatlash, jamiyat a'zolar bilan muloqot qilish madaniyatiga ega bo`lish. Bu
ko`nikmalarning qimmati va zarurligini anglash o`quvchilarning ongida dunyoning
ilmiy manzarasini yaxlit tarzda gavdalantirish, bu manzarani uning uchun qulay
bo`lgan materiallar orqali yetkazish lozimligini tasdiqlaydi. Bu materiallar turli
ta'lim soxalarining mazmuni orqali yetkaziladi,
Xar bir o`quv predmetining mazmunida dunyoning ilmiy manzarasi o`ziga
xos integratsiyalashgan tarzda ifodalanishi lozim. Bugungi kunda ta'lim
mazmunini tanlashda xar bir o`quvchining o`ziga xosligiga tayangan xolda uning
o`ziga xosligini ta'minlashdan iborat. Bunda o`quvchining o`ziga xos imkoniyat va
qobiliyat darajasi aloxida xisobga olinishi kerak.
Davlat ta'lim standarti talablari asosida tuzilgan dastur materiallarini
o`zlashtirishda xar bir o`quvchiga yordam va o`zaro yordam nixoyatda zarurdir.
Chunki bunday yordamsiz standart talablarini o`quvchi to’liq o`zlashtira olmaydi.
Bu yordam aynan o`quv-biluv jarayonida turli-tuman mikromaydonlarni tashkil
etish sharoitida amalga oshirilishi kerak. Xuddi shunday bir sharoit yaratilgan
taqdirda xar bir o`quvchi DTSda ko`rsatilgan ta'lim mazmuni negizini tashkil
qilgan hamda o`quv dasturiga kirgan o`quv materiallarini o`zlashtirish
imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu tadbir ta'limning turli bosqichlarida pedagogik
yordamning turli ko`rinishlari sifatida o`qituvchi hamda o`quvchilar tomonidan
amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta'lim jarayonida bilim, ko`nikma va malakalar o`quvchilarni
rivojlantirishning maqsadi emas, balki vositasi sifatida qaralishiga erishish lozim.
DTS da ko`zda tutilgan ta'lim mazmunini o`zlashtirish natijasi mustaxkam bilim,
ko`nikma va malakalar sifatida namoyon bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda
ko`pvariantli o`quv materiallarini o`quvchilarning individual imkoniyatlarini
xisobga olgan xolda taqdim etishni ham nazarda tutish lozim. Bunday tadbirni
amalga oshirish muxim didaktik qimmatga ega.
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, DTSda ko`zda tutilgan ta'lim mazmunini
barcha o`quvchilar ko`nikma darajasida egallashlari shart. Shundan keyingina
o`quvchining individual imkoniyati va xoxishini xisobga olgan bir qadar
murakkabroq o`quv materiallarini taqdim etish lozim. Bunday o`quv materiallari
alternativ, o`quv dasturlari, darslik va o`quv adabiyotlarida o`z aksini topmog`i
lozim. Bunda o`quvchining bilim sifati va muayyan fanni o`qitishga qo`yiladigan
talablar ham bir qadar oshiriladi. Ta'lim mazmunini integrallashning muhim
shartlaridan biri, avvalambor, ta'lim mazmuniga singdirilgan barcha tushunchalarni
tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-gumanitar soxaga oid bilimlar sifatida taqdim etishdan
iboratdir.
Integrallashgan o`quv kurslari o`quvchilarda dunyoning yaxlitligi xakida bir
butun tasavvur xosil qilishga ko`maklashadi. Tabiiyki, bir qator o`quv fanlarini
integratsiyalashga bugungi kunda kuchli extiyoj sezilmoqda. Bir o`quv
predmetining mazmuni nafaqat muayyan fan uchun dasturida ko`zda tutilgan
mavzularni, balki moddiy borlik xodisalarini ham o`zida mujassamlashtirgan xolda
ifodalaydi. Matematik hamda til, mulokot qonuniyatlarining ifodalanishini aks
ettiradi. Bu manzaralarni o`quvchi anglab olishini ta'minlashga erishish muxim
ahamiyatga ega. Jonli va jonsiz tabiatning aloqadorligi, tabiat bilan kishilik
jamiyati madaniyatining mutanosibligi manzarasi o`quv predmetlari mazmunida
o`z aksini topmog`i kerak. Amaliy ijodning texnikasi hamda texnologiyasining
ifodalanishi fan-texnika rivojlanayotgan bizning asrimizda muxim ahamiyatga ega.
Xar bir o`quvchining umumiy rivojlanishi uchun didaktik jixatdan qulaylik
yaratish kerak. Buning uchun o`quv-biluv jarayonida, avvalambor, psixologik
qulaylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu, o`z navbatida, o`quv-biluv jarayonida
o`quvchining xar tomonlama rivojlanishi uchun qulay pedagogik shart-sharoit
vujudga kelishiga imkon beradi. Turli-tuman o`quv hamda kommunikativ
ko`nikma va malakalarning shakllanishi ta'lim jarayonining muvafaqqiyatli
bo`lishini ta'minlaydi. O`quvchilarning ruxiy salomatligini mustaxkamlash
imkoniyatini yaratadi. O`quv jarayonining barcha qulayliklar asosida tashkil
etilishi natijasida o`quvchida ruxiy ishonch qaror topadi. Bu esa o`quv-biluv
faoliyatini jadallashtiradi. O`quv faoliyatiga bunday qulaylik xar bir o`quvchining
DTSda ko`zda tutilgan ta'lim mazmunining asosiy negizini to`liq o`zlashtirishi
uchun
imkoniyat
yaratadi.
Ta'lim
jarayonida
o`quvchilarning
o`quv
materiallarini puxta o`zlashtirishlari, bilimlarining mustaxkam bo`lishi uchun
qulay pedagogik muxitni vujudga keltiradi.
O`qitishning tashkiliy shakllari samaradorligini aniqlash quyidagi talablarga
rioya qilishga bog’liq:
1. O`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni va sharoitlari o`rtasidagi aloqadorlikni
ta'minlash. O`qitishning tashqiliy shakllarini tanlash o`quv materialining o`ziga
xosligi, uning hajmi, murakkablik darajasi, tushunarlilmgi, darslikdagi bayoniga
bog’liq.
2. Barcha o`quvchilarni intensiv o`qitish, ularda puxta bilim, ko`nikma va fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish. O`qitishning tashqiliy shakllari bu jarayonga mos
ravishda tanlanishi kerak. Masalan, guruh ishi faqat tashqi faollikka olib
kelmasdan, o`qitish samaradorligini oshirgandagina o`zining asosiy vazifasini
bajargan bo`ladi
3. O`quv faoliyatini rejalashtirish. O`qitishning tashkiliy shakllarini muntazam
yangilab borish. Masalan, o`quv dasturida berilgan o`quv yuklamasini bajarish
uchun zarur bo’lgan vaqtni oshirib yubormaslik lozim.
4. O`qitish jarayonida turli tarbiyaviy masalalarni yechish. Masalan, do’stlik,
o`zaro yordam, ishbilarmonlik, qat'iyatlilik, mustaqillikni qaror toptirish.
5. O`qitish jarayonida muhim bo’lgan pedagogik shart-sharoitlar va imkoniyatlarni
xisobga olish.
Dostları ilə paylaş: |