O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi maqsadi va mazmuni
O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini modernizatsiyalash strategiyasi
ta'lim mazmunini quyidagilar asosida belgilashni talab qilmoqda:
1. O`quvchilarga taqdim qilinadigan yangi bilimlarni, ta'lim mazmunida
muhim o`rin tutmagan ikkinchi darajali bo`lgan tushunchalarni o`quv dasturlari
mazmuniga kiritishga yo’l qo`ymaslik, o`zaro bir-birini takrorlaydigan
tushunchalarni va o`quv materiallarini dastur hamda darsliklarda uyg’un tarzda
ifodalash, o`quv rejasida o`quv yuklamasini ratsional ifodalashga erishish.
Barcha o`quv predmetlari mazmuniga kiritilgan bilim va tushunchalar,
o’quvchi ning maktabdan keyingi xayoti va ish faoliyatida kerak bo’lishi,
yaroqliligini ta'minlashga erishish, buning uchun pedagogik prognosgikaning
imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimi
uchun tuziladigan yangi o`quv dasturlari DTS talablariga mos bo`lishi, shu bilan
bir qatorda o`quvchilarning salomatligini muxofaza qilish maqsadida o`quvchini
mantiqiy mushoxada qilishga undovchi o`quv topshiriqlari va o`quv materiallarini
belgilab berishga asos bo’lishi kerak. O`quv dasturining kirish qismida o’rta
maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini belgilashga asos bo`la oladigan nazariy
didaktik qarashlar, yondashuvlar, mezonlar, o`quv jarayonida qo`llaniladigan
texnologiyalar bayonidan iborat bo`lishi kerak. Bunda o`quvchilarga muayyan
o`quv fanidan taqdim etiladigan muayyan nazariy bilimlar mavzular shaklida
bayon qilinadi. Turli yo`nalishdagi amaliy topshiriqlar hamda interfaol ish turlarini
kengaytirishga imkon yaratish zaruriyati vujudga kelmoqda. Shuningdek, o`quv
qo`llanmalari tarkibida beriladigan ta'limiy materiallar, savol va topshiriqlar,
mustaqil ishlar, uy vazifalari, o`quvchining individual bilim olishi, voqea-
xodisalarni taxlil qilishi, egallagan bilimlarini amalda qo`llashi uchun qulay
bo`lishi kerak. Mustaqil ta'lim olish va ma'lumotlarni taxlil qilib amaliy
ko`nikmalarini shakllantiruvchi topshiriqlar ko`lamini kengaytirish orqali ta'lim
mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilash imkoniyati vujudga keladi. Bu esa
dars jarayonida o`quvchilarning mustaqil faoliyat ko`rsatishlariga imkoniyat
yaratadi. Ularning individualliklarini ta'minlaydi. O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim
muassasalari o`quv dasturlarini o`quvchini pedagogik qo`llab-quvvatlash nuqtai
nazaridan yondashgan xolda yaratish imkonini beradi. Ta'limning nisbatan yuqori
bosqichlarida o`quv rejasida ta'lim mazmunini integrallashtirish orqali o`quv
yuklamalari xajmi qisqartiriladi. Bunda mustaqil ishlar, jumladan, referatlar
yozish, loyixalashtirish, izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyatiga ko`proq vaqt
ajratish nazarda tutilishi kerak.
O’rta maxsus kasb-hunar ta'limning barcha o`rinlarida izchil ravishda ta'lim
mazmunini yangilashga erishish zarur.
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, ta'lim mazmunini yangilash deganda
ta'limning amaldagi mazmunidan voz kechish, degan fikr tushunilmasligi kerak.
Ta'lim mazmuni birinchn navbatda fan-texnika, ishlab chiqarish hamda jamiyat
xayotining ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy o`zgarishlarini o`zida ifodalay olishi kerak.
Shundagina ta'lim o`quvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi
kerak.
Ta'lim jarayoni yakunida ko`zda tutilgan natijalarga erishish uchun
quyidagilarni
amalga
oshirish
lozim:
o`quv
rejasida
ortiqcha
o`quv
yuklamalarining miqdorini kamaytirish, ya'ni takror va adekvat o`quv
materiallarini integrallashtirishga erishish.
Bugungi kunda ta'lim mazmunini unda mavjud bo’lgan va o`quvchilarning ijtimoiy
tajribasiga kirmay qolayotgan o`quv materiallarini ekstensiv tarzda chiqarish yo’li
bilai ta'lim mazmunini yangilab bo’lmaydi. Ta'lim mazmuni birinchi navbatda
ilmiy-nazariy jixatdan asoslangan xolda yangi modellarni joriy etish orqali
yangilanadi. Bunda amaldagi ta'lim jarayonining chuqur ilmiy taxliliga tayanish
talab etiladi. Mazkur o`rinda o`quvchilar salomatligini saqlash nuqtai nazaridan
yondashgan xolda o`quv materiallarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Bunda
birinchi navbatda o`quv yuklamasi xajmini minimum darajada cheklash maqsadga
muvofiqdir. Shuningdek, bu amaldagi ta'lim mazmunida mavjud bo’lgan, lekin
o`quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilim va tushunchalardan
xalos bo’lishni taqozo etadi. Ya'ni:
— ko`prok yuqori darajada umumlashtirish uchun tayanch bo’ladigan bilimlarning
uzoq muddatda o`zlashtirilish;
— faqat ma'lum bir ixtisoslikdagi kasbiy ta'lim uchun ahamiyatli bo`lgan bilim va
ko`nikmalarning barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi kabi xolatlarni
ko`zda tutib ta'lim mazmunini belgilash tendentsiyasida voz kechish kerak.
Yuqorida ko`rsatilgan natijalarga erishishning muxim shartlaridan biri
shaxsga yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Buning uchun
o`quv-biluv jarayonida o`quvchining faolligini ta'minlash zarur. Shu bilan birga
o`quvchining tanlash imkoniyatlari va unda mujassamlashgan qobiliyatlar
shakllanishini jadallashtirish lozim.
Ko`rinib turibdiki, amaldagi o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunidagi
asosiy kamchiliklardan biri bu nafaqat ortiqcha o`quv yuklamasining mavjudligi,
balki uning o`quvchi shaxsiga yo`naltirilmaganligida ham namoyon bo`ladi.
Ta'lim mazmunining shaxsga yo’naltirilganligini ta'minlovchi yo`nalishlarini
kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'lim mazmunini yangilash strategiyasi o`qitish samaradorligini
oshirish nuqtai nazaridan yondashgan xolda belgilanadi. O`quv jarayoni
samaradorligi esa ta'lim natijalarining sifat ko`rsatkichlari bilan kafolatlanadi,
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, yangilangan ta'lim modeli imkon qadar ko`prok
o`quvchining ijtimoiy tajribasiga kirishi lozim. Shuning uchun ham ta'lim
mazmunining muntazam boyitilib, modernizatsiyalashtirilib borilishi o`quvchilar
o`quv faoliyatinnng yuqori darajadagi motivatsiyasi shakllanishiga yordam berishi
kerak. Bunda o`quvchilarning o`quv faoliyati natijasini baxolash tizimi, asosan,
rasmiy, ijodiy, intellektual xarakterdagi o`quv materialining o`zlashtirnlishini
ko`zda tutadi.
Rivojlaitiruvchi ta'lim xar bir o`quvchining imkoniyatini xisobga olgan
xolda o`qitish jarayoni bo`lib, unda o`quvchini xar tomonlama rivojlantirish
maqsad qilib qo’yiladi. Rivojlantiruvchi ta'lim tizimida bilim, ko`nikma va
malakalar o`quvchining rivojlanganlik darajasini belgilovchi natijalar bo`lib
xisoblanadi. Ta'lim jarayonini individuallashtirish bilan bog`liq bo`lgan qarashlar
o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos rivojlanish darajasi shuningdek o’rta
maxsus kasb-hunar ta'limning turli bo’g`inlarida o`quv jarayonining o`ziga
xos xususiyaglarini ifodalovchi savollarga javob izlashni taqozo etaladi.
Ta'lim jarayoni jamiyat xayotining ustuvor yo’nalishi bo`lib, u yosh
avlodni shakllantirish va muntazam rivojlantirshp bilan bog`liq bo’lgan bir
qator muxim vazifalarni bajarishga yo’naltirilgandir. Mazkur o`quv vositalari,
ya'ni darslik, o`quv qo`llanmalari, lug`atlar, o`quv adabiyotlari yordamida
o`quvchilarga izchil tizimga solingan xolda yetkaziladi.
Bugungi kunda ta'lim jarayoni oldiga qo`yilgan talablardan biri yetuk shaxs,
ijtimoiy bilimdonlik darajasiga ega bo’lgan yoshlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu
yoshlar istiqbolda malakali mutaxassis bo’lishi, mikrosotsiumda o`ziga munosib
o’rin topishit uchun, birinchi navbatda munosib xayot tayyorgarligi, bilim va
ma'naviyatta ega bo’lishlari talab etiladi.
Kelajakda o`quv yuklamalarini maqsadga muvofiq tarzda belgilashda
quyidagilar xisobga olinishi kerak:
1. Ta'lim mazmuni yangi modelining tarkibiy qismlarini aniqlashda o`quv
materiallarini integratsiyalash yo’lidan borish lozim. Bunda integral tarzda
ifodalangan tushunchalar xisobiga u yoki bu o`quv fani buyicha taqdim etiladigan
o`quv yuklamasining miqdorini asosli ravishda cheklash mumkin.
3.
O`quvchilarning
loyixachilik
ko`nikmalarini,
ijodkorlik
faoliyatini
shakllantirishda, asosan ta'lim mazmuni o`quv-biluv jarayonining ko`p
faoliyatlilikka asoslanganligi muxim ahamiyatga ega. Xar bir o`quv fani
mazmunida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko`nikmalar uyrunligini
ta'minlash lozim. O`quvchilarni ta'lim mazmuni vositasida akliy rivojlanish,
ularning individual faoliyat ko`rsatishlarini ta'minlashga xizmat qiladigan o`quv
materiallarini tanlash imkoniyati ta'minlanishi kerak.
4. Ta'lim mazmunida fanlararo aloqadorlikni tanlash o`quvchilarning moddiy
borliqni yaxlit tasavvur etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Ta'lim
mazmunida o`quvchini rivojlantirishga xizmat qiladigan axborotlarni taqdim etish
natijasida qo`yidagi pedagogik imkoniyatlar vujudga keladi:
— ta'lim mazmunining yaxlit model sifatida namoyon bo’lishi;
— ta'lim mazmunining axborotliligi ta'minlanishi;
— ta'lim mazmunida amaliy natijalarning yaqqol ifodalanishi;
— ta'lim mazmunidan murakkab nazariy tushunchalarning tez ajratib olinishi;
— o`quvchi o`zlashtirishi zarur bo’lgan bilimlar yig`indisining yaxlit ifodalanishi.
Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim tug`risida»gi qonunida
ilmiylik tamoyili bilan birga ta'limni insonparvarlashtirish tamoyili hamda uning
axloqiy yo`nalishlarini kuchaytirish masalalari ko`tarilgan. Bunda ta'limni
insonparvarlashtirish tamoyili jamiyat rivojlanishining hozirgi boskichi vazifalari
va xususiya'glariga moe keladigan darajada bo’lishi nazarda to`tilgach Istiqbolda
ilmiy-texnik taraqqiyotni ta'minlash uchun tabiiy - ilmiy bilimlar, texnik va
texnologik mahorat bilan bir qatorda ijtimoiy bilimdonlik, tolerantlik, xuquqiy
madaniyat, ishbilarmondik, rakobatbardoshlilik nixoyatda zarurdir. Shu nuqtai
nazardan olib karalganda, bilimdonlik va insonparvarlikka qullash tamoyili ta'lim-
tarbiyaning yagona vazifalaridan biri bo`lib xisoblanadi. Ta'lim mazmunini
belgilashda mazkur tamoyilning qullanilishi ta'lim-tarbiya element-larining yuzaki
aloqadorligiga chek qo`yadi.
Ta'lim mazmunini belgilash uchun dastlab ta'lim maqsadlarini uni islox
qilish asoslarini ilmiy taxlil qilish lozim. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, ta'lim
xar doim tarbiyaviy ahamiyat kasb etib kelgan, lekin hozirgi tarixiy-ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida bu birlikning didaktik moxiyati ortib bormoqda. O’rta
maxsus kasb-hunar ta'lim jarayonida o`quvchilarning axloqiy, g`oyaviy-siyosiy
jixatdan shakllanganlik darajasini nazorat qilish hamda baxolab borish tizimi
mavjud emas. Bu tizimning asosiy yo`nalishlari ta'lim mazmunining tarbiyaviy
maqsadlaridan kelib chiqishi lozim.
Ta'lim mazmunini belgilash soxasida amalga oshirilayotgan xarakatlarning
quyidagi asosiy yo`nalishlari mavjud:
— ta'lim mazmunini tanlashda demokratiya, insonparvarlik tamoyillariga amal
qilish;
— ma'naviy meros, mentalitet, fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish
yutuklarini o`quvchilar ongiga yetkazishga xizmat qiladigan tushunchalarni ta'lim
mazmuniga singdirish;
— O`qituvchilarni yangi mazmundagi ta'lim modelini o`quvchilar ongiga
yetkazishga tayyorlash;
— yangi mazmundagi ta'lim modellarini o`qituvchilarga yetkazishga xizmat
qiladigan ta'limiy topshiriqlar, dars ishlanmalari, ta'lim texnologiyalarini taqdim
qilish kabilar.
O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan o`quv-biluv
jarayonida o`quvchi shaxsi kamolotini ta'minlashda ustuvor maqsad sifatida qarash
kerak. Buning uchun ta'lim mazmuniga ajdodlarimiz merosini omilkorlik bilan
singdirish talab etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O`zbekistonning o`z
istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida ta'kidlaganidek: «Ta'lim O`zbekiston xalqi
ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning
barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, maxorati
uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh
avlodlarga o`tadi». Bu fikrlardan ta'lim mazmunini belgilashda samarali
foydalanish lozim.
Ta'lim bugungi kunda o`quvchining ham individual, ham umumiy
taraqqiyotini ta'minlovchi jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning
uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarning aqliy rivojlanish
dinamikasini, o`quv-biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, ta'lim olishi va
rivojlanishiiining o`zaro aloqadorligini ta'minlashga yordam bermog’i lozim.
Qaysikim, bu xolat rivojlantiruvchi ta'lim g’oyasida o`z aksini topmoqda.
O`quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga yo’naltirilgan o`quv-
biluv jarayonini tashkil etish o’ta muhim masalalardan biridir. Bunda bilish
jarayonining o`zi o`quvchini kuzatish, uning faoliyatini tashkil etishga
yo’naltirilmog’i zarur.
Shuningdek, hozirgi zamon gumanistik yo’nalishdagi psixologiyaning
g’oyasi o`quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iboratdir.
Buning uchun o`z-o`zini rivojlantirish maydonini vujudga keltirishga bo’lgan
extiyoj tarkib topmog`i zarur. Shaxsning o`ziga xos yaxlitligini tarkib toptirishda
o`quv-biluv jarayoni muhim omildir. Bu jarayon ilmiy-metodik hamda moddiy-
texnik jixatdan to’la ta'minlangandagina samarali natijalar beradi. O`quvchida
bilish extiyojining paydo bo’lish motivlari ham mana shu shart-sharoit natijasida
vujudga keladi. Bularning barchasi o`quvchi shaxsi rivojlanishinining psixologik,
pedagogik, didaktik yo’nalishlarini belgilaydi.
Shaxs taraqqiyotini ta'minlovchi ta'lim jarayonini tashkil etish «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ning asosini ifodalaydi. O`quv-biluv jarayonida
o`quvchining
o`ziga
xosligini
pedagogik
qo`llab-quvvatlash
choralarini
rivojlantirish muammosining yechimlarini izlash bugungi kunda o’ta muximdir.
O`quvchi shaxsini axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning jismoniy hamda ruxiy
salomatligini muxofaza qilish hamda mustaxkamlash xar bir bolaning o`ziga
xosligini saqlab kolish, rivojlantirish, qo`llab-quvvatlash uning taraqqiyot
darajasiga muayayn talablar qo`yish hamda ta'lim jarayonini tashqil etishda unga
rioya
qilish
muximdir.
Barcha
o`quv
fanlaridan
ta'lim
mazmunini
gumanitarlashtirish bilan bog`liq bo’lgan talablarni belgilab olishni taqozo qiladi.
Ta'limning variativligi hamda o`quvchi shaxsiga umuminsoniy madaniyatni
singdirishga yo’naltirilishiga erishish ham didaktikada muxim ahamiyatga ega
bo’lgan muxim masalalardan biridir. Muayyan o`quv predmeta vositasida
dunyoning yaxlit tarzdagi manzarasini ifodalash talabiga ham ta'lim mazmunini
belgilashda, darsliklar yaratishda rioya qilish talab etiladi. Asosiy g`oyalar va
didaktik tamoyillar insonparvarlikka intilish pedagogik-psixologik ma'lumotlarga
asoslangan xolda barcha o`quvchilar ta'lim olish jarayonida bilim olish layoqatiga
ega ekanliklarining qay darajadaligini aniqlash lozim. Shundagina ular uchun
yetarli pedagogik, didaktik, moddiy' texnik shart-sharoitlarni maqsadga muvofiq,
tarzda yaratish mumkin. Bu esa ularning bilim darajasining yuqori bo’lishining
asosiy omilidir. Xar bir bosqich uchun yaratiladigan darsliklarda o`quvchi
shaxsining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan o`zgarishlar aniq xisobga olinishi
kerak.
Xar bir yosh davrida o`ziga xos o`quv yuklamasini taqdim qiladigan o`quv-
metodik majmualar zarurligini davrning o`zi taqozo qilmoqda. Bu o`quv jarayoni
muvafaqqiyatli kechishining muhim shartlaridan biri hamdir. Chunki bolaning
yoshi, uning tajribasini tavsiflovchi bosh omildir. Buni o`quv-metodik
majmualarning yangi avlodini yaratishga kirishganda xar bir mutaxassis anglab
yetishi lozim. Darslik mualliflari o`quvchining ijtimoiy tajribasini xisobga olish
deganda, faqat turli-tuman manbalar, kompyuterlar, istiroxat bog’lari, madaniyat
o’choqlariga qilinadigan sayru sayohat va boshqalar vositasida xar daqiqada boyib
borayotgan shaxardagi o`quvchining ijtimoiy tajribasini emas, balki shaxar
xayotidan, kino, teatr, istiroxat bog’laridan uzoqda kompyuter kirib bormagan
qishloq va ovul bolalarining ijtimoiy tajribasini boyitishni ham nazarda tutgan
xolda darsliklarni yaratishga erishishlari lozim.
Xar bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda ularni
pedagogik qo`llab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini ro`yobga chiqarish,
muayyan sharoitga moslashuvchanligini qaror toptirishga yo’naltirilgan maxsus
o`quv faoliyatida o`quvchining optimal rivojlanishini ta'minlash muhimdir. Yangi
sharoitda optimal rivojlanishlaganda, biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik
jixatdan, uning rivojlanishi boshqa, yangicha bir o`quv modeli ta'sir qilishini
ko`zda tutamiz. Agar o`qituvchiga ta'lim berish va rivojlangirish muammosi
uyg`unlashtirilsa, uning o`ziga xosligini pedagagik qo`llab-quvvatlash birinchi
darajali ahamiyat kasb etadi.
Didaktik va psixologik talablarni xisobga olgan xolda muayyan o`quv
predmet doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda aloxida guruxlarda,
jamoa bo`lib olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida
bo`lgan
Dostları ilə paylaş: |