Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari


Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1404462608 53524

Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari 
O’rgatish metodlari - pedagogikada qabul qilingan 
ta’rifga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona 
yo‘l sifatida ta’riflanadi. U mashg‘ulotdagi bolaning va tarbiyachining 
butun faoliyatini o‘rgatish usullari-ayrim yordamchi vosita bo‘lib, 
mashg‘ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor 
ma’nodagi ahamiyatga ega. Ayrim metodlar mashg‘ulot ishining 
umumiy yo‘nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi.
Masalan: mashg‘ulot boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan 
vazifaga bolalarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa 
mashg‘ulotlarda esa, she’r o‘qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg‘ulot boshini tashkil qilish uchun 
qo‘llaniladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu 
mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab 
masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, 
chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etadi va bu o‘yinlardan turli metodlar 
ichida foydalanish mumkin.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari
. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga o‘rgatish tizimining 
umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki, u atrof-muhitni o‘rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim 
omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko‘rinishi bilan aloqa o‘rnatish, umumiylik 
va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo‘lsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bog‘liq 
bo‘ladi. Lekin kuzatishning o‘zi ko‘rganni tasvirlab berishga to‘la imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning 
muhim usullariga, turli tasvirlash materiallaridan foydalanish yo‘llariga o‘rgatish zarur. Ko‘rgazmali metod va 
o‘rgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan 
foydalanish, alohida predmetlarni ko‘rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish, 
bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish, ularni baholash kiradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin