Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1404462608 53524

Naturadan foydalanish
. Tasviriy san’atda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet 
yoki ko‘rinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko‘ziga 
nisbatan naturaning qay holatda turganini hisobga olgan holda ma’lum bir nuqtai nazardan turib, predmet 
ko‘rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib tasvirlash xususiyati mashg‘ulot mobaynida o‘zgacha idrokning 
rivojlanishiga ko‘mak beradi. Bunda asosiysi bolaning idroki bo‘lib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, 
applikatsiya) faqat bir tomondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda bolalarda 
naturani o‘girib qurish hamda hajm-shaklni turli xil burilishda tahlil qilish imkoni bo‘lishi kerak. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foydalanishning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.


Natura xotira ishini yengillashtiradi, negaki tasvirlash jarayoni idrok bilan birlashadi, predmetning 
shaklini, tuzilishini, rangini to‘g‘ri tushunib, yetkazib bera olishga yordam beradi. 4-5 yoshdagi maktabgacha 
ta’lim bolalarining qobiliyatlaridan qat’iy nazar, maktab ta’lim oluvchisi yoki rassomning natura bilan 
ishlashiga nisbatan qaraganda, bolalarning tasvirlangan obyektni tahlil qilishlari, shu natura bilan 
ishlashlarining o‘ziga xos farqi bor. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun sodda shaklli, aniq chizmali 
bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar mashinani yon tomonidan, qo‘g‘irchoqni oldidan chizadilar va bunda hajmini 
yetkazib berolmaydilar. Agar guruhda bolalar soni ko‘p bo‘lsa, barchasiga teng ko‘rinishi uchun 2-3 ta bir xil 
predmet qo‘yiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda qismlarga ajratib ko‘rib chiqadi, bunda u tahlil 
jarayonini osonlashtirib, o‘z so‘zlari, harakatlari bilan yo‘naltiradi. Bu jarayoni ma’lum bir idrok madaniyatini, 
rivojlangan analitik fikr yuritishni talab qiladi. Bunday ko‘nikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi. 
Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan taqqoslashga urinadilar. Masalan: katta guruhda 
naturadagi archa shoxlarini tasvirlayotganda, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikal yoki qiya holatda) 
va shoxdagi
shoxchalarning sonini, o‘lchamlarini chap va o‘ng tomondan, to‘q yoki och rang bilan 
chizadilar. Natura sifatida tirik qushlar, hayvonlardan foydalanish mumkin emas. Ularning harakatlari
tovushlari bolalarni rasm chizishdan chalg‘itadi, bolalarning predmetni kerakli holatda idrok qilishlariga, 
diqqatlarini bir nuqtaga qaratishga halaqit beradi. 
Shunday qilib, o‘rgatish metodi sifatida naturadan 
foydalanish tasvirlashning butun jarayonini o‘z ichiga 
mujassamlashtiradi:
Predmetining Birlamchi Tahlili; Tasvirni 
Naturaga Nisbatan taqqoslash; natijaning shaklini
holatini, rangini taqqoslash; natijadagi rasm va 
naturani taqqoslash yo‘li bilan baholash.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin