Amaliy
mashg’ulot:
Turli
materiallardan
archa
bezaklarini yasash
texnologiyasi
Reja:
1. Archa bezaklari haqida ma’lumot berish.
2.Turli materiallardan archa bezaklari tayyorlash haqida
ma’lumot berish.
3.Turli materiallardan archa bezaklarini tayyorlash texnolo
giyasi.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Archa bezaklari
to‘g‘risida ma’lumot berish. Turli materiallardan archa
bezaklarini tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot berish. Turli
materiallardan
archa
bezaklarini
tayyorlash
texnologiyasini o‘rgatish.
O‘qituvchining vazifalari:
• archa bezaklari haqida ma’lumot berish;
• archa bezaklarini tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot berish;
• turli materiallardan archa bezaklari tayyorlash
texnologiyasi.
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Ko‘rsatib ber,
tushuntirib ber”, “Aqliy hujum”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar,
slaydlar,
ko‘rgazmalar, archa bezaklaridan namunalar, shar, PVA
yelimi, biserlar, lenta, rangli iplar.
Mashg‘ulotni
boshlashdan
oldin
o‘quvchilarning
bilimlarini
aniqlash va
fikrlarini umumlashtirish uchun
“Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Archa bezaklari qayerlarda ishlatiladi?
2. Turli materiallardan archa bezaklarini yasashda qanday
talablar qo‘yiladi?
3. Archa bezaklarini nimalardan yasash mumkin?
4. Archa bezaklarining qanday turlari mavjud?
5. Turli materiallarni ishga
tayyorlash qanday amalga
oshiriladi?
Shardan archa o‘yinchoqlarini yasash texnologiyasi:
1. Archa bezaklarini yasash uchun oddiy sharni kerakli o‘l
chamda kattalashtirib olamiz.
2. Kerakli rangdagi g‘altak ip olinadi. Ipni bir idishga
suvga solib bo‘ktiriladi.
3. G‘altak ipning bir uchini ignaga o‘tkazib
yelim
idishining bir tomonidan o‘tkazib ikkinchi tomonidan
chiqarib olamiz.
4. Yelim idishining ichidan o‘tgan yelimli ipning bir uchini
sharga o‘raymiz.
5. G‘altak ip tugaguncha yelimli ip sharga o‘raladi.
6. Ip o‘ralgan shar 3 kun mobaynida quritishga qo‘yiladi.
Shar ga o‘ralgan yelimli ip yaxshi qurishi kerak.
7. Tayyor shar igna yordamida teshib chiqiladi. Shar
bo‘laklari uchi to‘ntoq buyum
bilan ip orasidan chiqarib
tashlanadi.
8. Tayyor bo‘lgan shar shakliga turli bezaklar berib
bezatiladi.
Bezak
berish
ishlarida
turli
yaltiroq
munchoqlardan,
pistonlardan,
rangli
qog‘ozlardan
foydalaniladi.
9. Archa bezagining bir uchiga archaga osish uchun ilgak
bog‘lanadi.