14. Amaliy mashg’ulot.
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari.
Har qanday masalani kompyuterga tayyorlash va uni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1. Masalani qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish.
2. Masalani yechishning sonli usulini tanlash.
3. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.
4. Kompyuter uchun dastur tuzish.
5. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish.
6. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
Algoritm matematik formulalar yordamida tavsiflanganda har bir qadam aniq formulalar yordamida yoziladi.
Misol tariqasida
Kvadrat tenglama yechimlari bo'lmish X1 X2 ni aniqlash algoritmini ko'rib chiqaylik.
1. a, b, с koeffitsiyentlar qiymatlari berilsin.
2. D = b 2—4ac diskriminant hisoblansin.
3. D 0 bo'lsa, tenglama ikkita haqiqiy yechimga ega, ular formulalar bilan hisoblanadi. Ya'ni masala hal bo'ldi.
4. D = 0 bo'lsa, tenglama ikkita bir-biriga teng, ya'ni karrali yechimga ega bo'ladi va ular formulalar bilan hisoblanadi. Masala hal bo'ldi.
5. D >0 bo'lsa, tenglama ikkita haqiqiy yechimga ega, ular
formulalar bilan hisoblanadi. Ya'ni masala hal bo'ldi.
C++ dasturiga bu matematik formulalar algoritmi quyidagicha yoziladi:
1-kvadrat tenglama formulasi :
X=(-b+sqrt(sqr(b)-4*a*c))/(2*a)
2. sistemali tenglama :
Sqr(x)+4*y=21
Sqr(y)-4*x=21
3. Quyidagi formulalarni c++ dasturiga kiritishdan oldin algoritmini quyidagicha tuziladi:
Sqr(x+(b)/(2*a))=D/(4*sqr(a));
Sqr(x+(b)/(2*a))=0;
X+b/(2*a)=0;
X=(-b)/(2*a);
Dostları ilə paylaş: |