Mahmud qoshg’ariyning “devonu lug’atit turk” asarida lingvomadaniy so’zlarning qo’llanilishi qurbonali Termiziy



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#164826
1   2   3   4
mahmud-qoshg-ariyning-devonu-lug-atit-turk-asarida-lingvomadaniy-so-zlarning-qo-llanilishi

METOD VA METODOLOGIYA 
Maqolamizning asosini Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug'atit turk” (“Turkiy so'zlar 
devoni”) asarida keltirilgan somatik komponentli maqollarning lingvomadaniy xususiyatini 
aniqlashga bag'ishladik. Bu asar Sharqiy Turkistondan Kasbiy dengizi bo'ylarigacha bo'lgan 
ulkan hududda yashagan turkiy xalqlarning tili va madaniyatini o'zida mujassamlashtirganligi 
bilan nihoyatda bebahodir. 
Mahmud Qoshg'ariy to'plagan maqollar juda qadimdan turkiy tillarda mavjud bo'lgan va 
ular turli urug' va qabila vakillarida yozib olingan. Eng qadimgi turkiy xalqlarning til 
xususiyatlarini o'rganishda bu materiallar kata ahamiyat kasb etadi. Maqollar hozirgi o'zbek 
adabiy tilining rivojlanishida, til va meyorlarning o'sishida alohida rol o'ynaydi. Maqolamiz 
uchun somatizmlar (tana a'zolari) qatnashgan maqollarni “Devonu lug'atit turk” tarkibidan ajratib 
oldik. 
Bu borada lingvokulturologik obyekt bo'la oladigan maqollarni quyidagicha tahlil qilamiz: 
“Quruq qashuq ag'izga jaramas, quruq so'z quloqqa jaqishmas” (Quruq qoshiq og'izga 
yoqmas, quruq so'z quloqqa yoqmas). Quruq qoshiqni og'izga solgan bilan qorin to'ymaydi. 
Shunga o'xshab quruq so'zdan ham naf yo'q. Qoshiqni boshqa maqsadda emas aynan taomlanish 
uchun og'izga solinishi kerakligini madaniyat jihatdan ham bog'liqligini ko'ryapmiz. Hozirda 
“Quruq qoshiq og'iz yirtar” maqoli mavjud va u aynan o'sha ma'noni bermasa ham o'zgargan 
holda yetib kelgan [2]. “Quruq” leksemasi bu yerda tarbiya, yo odob, yoki biror kimga foyda, naf 
keltirmaydigan so'z ma'nosida qo'llanilyapti. 
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA 
“O'kuz azaqi bo'lg'incha, buzag'u bashi bo'lsa yik” (Ho'kizning oyog'i bo'lguncha, 
buzoqning boshi bo'l). Kishining erki, mustaqilligi hamma narsadan muhim ekanligi “buzoqning 
boshiga”, bo'ysunish, tobelik “ho'kizning oyog'iga” o'xshatilyapti. “Bosh” leksemasi bu o'rinda 
yuqori, “oyoq” leksemasi esa quyi ya'ni antonimlik - zidlik, qarama-qarshilik aks ettirilgan. 
“Bosh” va “oyoq” leksemasi ozodlik va qaramlikni ifodalash uchun ham qo’llanilyapti [6]. 
Besh erangak tuz ermas - besh qo'l barobar emas. Shunga o'xshash odamlar ham bir - 
biridan farq qiladi. Bu yerdagi qo'l leksemasi, besh barmoq, besh panja ma'nosini ifodalash 
uchun qo'llanilgan. Jamiyatdagi tenglik yo tengsizlik haqida so'z boryapti. 
Yag'ini ataqlasa bashqa chiqar - dushmanni kichik hisoblasa boshga chiqadi, ya'ni bu bilan 
boshni halok qiladi, degan mazmun anglatadi. Ehtiyot bo'l va dushmanni kichik hisoblama, 
demoqchi bo'ladilar. Xalqimizda dushmanni kichik hisoblama u o'zining yomonligi bilan kichik 
bo'lsa ham ziyon keltira oladi degan hikmat bor. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
675 
Tilin tugmishni tishin yazmas - til bilan bog'langan tish bilan yechilmas. Bu maqol vadaga 
vafo qilishga undab aytiladi. Vadaga vafo erkaklarning nomusi kabi yuqori pog'onada turadi. 
Aynan turkiy xalqlarda muhim qadriyat sifatida tilga olinadi [5]. 
Bushlaglansa buxsuqlanur - kishi manmanlikka borsa, o'rgatuvchini tahqir qilsa, qo'li 
gardanida bo'ynida bo'ladi, tashvishi ortadi. Bu maqol faqat o'zi bilganicha ish istovchilarga 
nisbatan qo'llanadi. Manman kishi bo'ynigacha tashvishga botishiga ishora qilinyapti [4]. 
Erdam bashi til - odobning boshi til. Shirin tilli bo'lgan kishi yuqori martaba topadi. 
Madaniyatimizda bolalarga salom berishni, shirinso'z va muloyim bo'lishni o'rgatamiz [7]. Yana 
yoshlikdan bolalarimizga kattalarga salom berishni, kichiklarni izzat qilishlikni o'rgatamiz. Bu 
maqol ham madaniyatimizning tildagi ifodasidir. 
Lingvomadaniy so’zlar o’zida yangi davr tilshunosligini mujassamlashtirgan sohadir. Bu 
yo’nalish nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashish va o’zgalarga ta’sir ko’rsatish, bunyod 
qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va 
ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o’ringa qo’yadi. Xususan, bugungi kunda jahon 
tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo’lgan ko’chma 
va tag ma’nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so’zlovchining maqsadi bo’lgan 
ma’lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi. 
XULOSA 
Bu o'rinda Mahmud Qoshg'ariy butun turkiy qabilalar tilidan yozib olgan lingvomadaniy 
so’zlar qatnashgan maqollarni tahlil qildik. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, maqolada 
maqollardagi lingvomadaniy so’zlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va 
yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'xshatishlar misolida yoritilganligi 
aniqlandi. Turkiy xalqlarning tili va madaniyatini nechog'lik boyligini maqollarda ming yillik 
hayoti, urf-odatini aks ettirganligi bilan ma'lum bo'ldi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin