SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
675
Tilin tugmishni tishin yazmas - til bilan bog'langan tish bilan yechilmas. Bu maqol vadaga
vafo qilishga undab aytiladi. Vadaga vafo erkaklarning nomusi kabi yuqori pog'onada turadi.
Aynan turkiy xalqlarda muhim qadriyat sifatida tilga olinadi [5].
Bushlaglansa buxsuqlanur
- kishi manmanlikka borsa, o'rgatuvchini tahqir qilsa, qo'li
gardanida bo'ynida bo'ladi, tashvishi ortadi. Bu maqol faqat o'zi bilganicha ish istovchilarga
nisbatan qo'llanadi. Manman kishi bo'ynigacha tashvishga botishiga ishora qilinyapti [4].
Erdam bashi til - odobning boshi til. Shirin tilli bo'lgan kishi yuqori martaba topadi.
Madaniyatimizda bolalarga salom berishni, shirinso'z va muloyim bo'lishni o'rgatamiz [7]. Yana
yoshlikdan bolalarimizga
kattalarga salom berishni, kichiklarni izzat qilishlikni o'rgatamiz. Bu
maqol ham madaniyatimizning tildagi ifodasidir.
Lingvomadaniy so’zlar o’zida yangi davr tilshunosligini mujassamlashtirgan sohadir. Bu
yo’nalish nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashish va o’zgalarga ta’sir ko’rsatish, bunyod
qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib,
uning ixchamligi, samaradorligi va
ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o’ringa qo’yadi. Xususan, bugungi kunda jahon
tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo’lgan ko’chma
va tag ma’nolarni,
ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so’zlovchining maqsadi bo’lgan
ma’lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi.
XULOSA
Bu o'rinda Mahmud Qoshg'ariy butun turkiy qabilalar tilidan yozib olgan lingvomadaniy
so’zlar qatnashgan maqollarni tahlil qildik. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, maqolada
maqollardagi lingvomadaniy so’zlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va
yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'xshatishlar
misolida yoritilganligi
aniqlandi. Turkiy xalqlarning tili va madaniyatini nechog'lik boyligini maqollarda ming yillik
hayoti, urf-odatini aks ettirganligi bilan ma'lum bo'ldi.
Dostları ilə paylaş: