“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 40
GEOMETRIK VA PROYEKSION CHIZMALARNI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O‘QITISH METODIKASI (Auto CAD dasturi misolida) Ashurova Shohsanam Otabekovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabasi
Ilmiy rahbar:
J.Jalilov Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti
“San’atshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsıya: Maqolada chizmalarni chizish va ularni turli usullar bilan o‘qish
hamda ularga didaktiv yondashish, o‘quvchilarning chizmachilik fanidan olayotgan
bilim, ko‘nikmalarini, mustaqil bilimlarni o‘zlashtirish, 2D chizmaning tekisligi va
3D fazodagi vaziyatini dars jarayonida qo‘llash.
Kalit so‘zi: chizma, rasm, chizzmchilik, AutoCAD, eskiz, proyeksin bog‘lanish,
texnik rasm.
Texnika va axborot texnologiyalarining bugungi kundagi taraqqiyoti
chizmachilik fanini o‘qitishda yuz berayotgan murakkab jarayonlarni qisqa vaqt
ichida samarali o‘zlashtirishga erishish imkoniyatlari katta ekanligi bilan hech kimda
shubha tug‘dirmaydi. Ushbu maqolada ikki proeksiyasi bo‘yicha uning yеtishmovchi
uchinchi proeksiyasini topish va to‘g‘ri burchakli izometrik proeksiyasini chizmasini
qurish kompyuterda AutoCAD va PowerPoint grafik dasturidan foydalanib
loyihalashni o‘quvchilarga o‘rgatish maqsadida ishlab chiqildi. Kompyuterda
AutoCAD dasturidan foydalanib, modelning berilgan ikki proeksiyasi bo‘yicha uning
yеtishmovchi uchinchi proeksiyasini topish va to‘g‘ri burchakli izometrik
proeksiyasini qurish 2D formatda modeli-chizmasi bajariladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ishlab chiqarish sohalarida
detallar bevosita eskiz bo‘yicha tayyorlanadi. Shuning uchun ham eskizda detaining