“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 47
muntazam borib turish, odamlarni kuzatish, badiiy-estetik didini doimo
takomillashtirib borish tavsiya etiladi. Latofat va nazokatning manbai tabiatdir.
Chunki tabiatda ranglar jilosi, musiqiy ohang uyg‘unligi, musaffolik mavjud. U
tashqi va ichki chiroyning uyg‘un1igini talab etadi. Ayol kishi o‘z latofatini
yo‘qotmaydi, qachonki: agar u har kuni o‘zining tabiatini tarbiyalab borsa; jismi va
vujudi uchun erinchoqlik qilmasa; o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘1sa; o‘z didini
rivojlantirib, aqlini charxlasa; yaqinlarini qayrab, boshqalarni janjal bilan qiynamasa;
hadeb hayotdan nolib, alamzada bo‘1avermasa. Ushbu maslahatlar hayot tajribasida
sinalgan: o‘zingizga kiyim tanlar ekansiz dugonalaringizni emas, o‘z didingizga
tayanib ish tuting; libosingizning rangi nafaqat zamonaviy, balki o‘zingizga mos
tushadigan rang bo‘1ishi lozim; kiyim tanlashda mutanosiblikka amal qiling va
ranglar mosligini tanlay biling; faqatgina bitta kiyim uchun qo‘shimcha narsa olish —
isrofgarchilik ekanligini unutmang;
Taqinchoqlarni “modasi eskirdi» deb tashlab yuborish yaramaydi. Chunki
modalar jarayoni davrlar o‘tib qaytib keladigan jarayondir. Shunda asrab qo‘ygan
taqinchoqlaringiz yanada chiroyliroq bo‘lib ko‘rinishi mumkin.Tanlagan sirg‘a yoki
qisqichli ziraklaringiz qulog‘ingiz shaklini yaltiroq buyum kabi xunuklashtiradigan
darajada bo‘lmasligi lozim; atir-upalar ayol kishi husniga husn qo‘shuvchi, unga
latofat baxsh etuvchi vositalardan biri. Biroq ekskursiya, tog‘larga sayohat, navbatda
turish paytida pardoz-andoz unchalik ahamiyatga ega emas.
Erkaklarga xos etiket. Erkak kishining asosiy kiyimi kostyum-shim va
ko‘ylakdan iborat deyuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu fikr biroz mubo1ag‘ali.
Chunki erkak kishi kastyum-shimda doim ham bashang ko‘rinavermaydi. Kostyum-
shim elkador, jussali, o‘rta yoki baland bo‘yli, o‘rtacha semizlikdagi, tik qomatli
kishi1arga yarashib turadi. Aksincha, o‘ta semiz yoki ozg‘in, jussasi kichik, bo‘yi
pakana kishilarda kastyum-shim biroz noqulayroq ko‘rinadi. Biroq bu ular kostyum-
shim kiymasliklari kerak, degan gap emas. Shuningdek, kostyum-shimning
chiroy1iligi erkak kishining tashqi ko‘rinishi uchun yetarli emas. U ayni paytda bo‘y
bastiga loyiq bo‘lishi, harakatlanishga qu1ay bo‘lishi, yurganda xalaqit bermasligi,
odmi, ko‘zga yarq etib tashlanmaydigan rangda bo‘lishi kerak. Kostyum- shimga nıos