Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

MUAMMOSINI
 
O‘RGANISHGA
 
PSIXOLOGIK
 
YONDOSHUV 
 
Ikromova Muslimabonu Anvarbek qizi 
Andijon Davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti 
Annotatsiya:
ushbu maqolada konfliktlarni qator fanlar o‘ziga xos jihatdan 
o‘rganishiga qaramasdan, odamlar, boshqaruv organlari uning alohida psixologik
huquqiy, falsafiy, sotsiologik va boshqa xususiyatlaribilan emas, balki yaxlit real 
konfliktlar bilan ish ko‘rishlari haqidagi fikrlar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
konflikt, shaxsiy konflikt, ijtimoiy konflikt, psixologik, huquqiy, 
falsafiy, sotsiologik konflikt. 
Konflikt – bu murakkab ijtimoiy va psixologik hodisa bo‘lib, uni muvaffaqiyatli 
o‘rganish eng avvalo metodologik va nazariy yondashuvni qanchalik to‘g‘ri 
tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Demak, konfliktning obʼekti va predmetini to‘g‘ri 
belgilab olish konfliktlar mohiyatini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Konfliktlar 
asosan ijtimoiy o‘zaro taʼsir jarayonida yuzaga keladi. Shunday ekan, “…ijtimoiy 
konflikt deganda ijtimoiy o‘zaro taʼsir jarayonida paydo bo‘ladigan ahamiyatli 
qarama-qarshiliklar rivojlanishi va yakunlanishining eng keskin usluli tushunilib, 
bunda konflikt subʼektlariningbir-birlariga nisbatan qarshi taʼsiri salbiy emotsional 
holatlar bilan birga kuzatiladi”1. 
Konflikt bitta shaxsga taalluqli bo‘lishi, yaʼni shaxs ichidagi konflikt 
ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Demak, shaxs ichidagi konflikt deganda 
shaxsning itchki dunyosi tizimidagt uzoq cho‘zilgan kurash natijasida yuzaga kelgan 
yorqin ifodalangan salbiy kechinma tushunilib,u ijtimoiy muhit bilan qarama-qarshi 
aloqalarni ifodalaydi va qaror qabul qilishni to‘xtatib turadi. 
1
Akramova F.A. Ijtimoiy psixologiya.- T.: “Universitet”, 2007.- 102 b.



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin