MUAMMOSINI O‘RGANISHGA PSIXOLOGIK YONDOSHUV Ikromova Muslimabonu Anvarbek qizi Andijon Davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya: ushbu maqolada konfliktlarni qator fanlar o‘ziga xos jihatdan
o‘rganishiga qaramasdan, odamlar, boshqaruv organlari uning alohida psixologik,
huquqiy, falsafiy, sotsiologik va boshqa xususiyatlaribilan emas, balki yaxlit real
konfliktlar bilan ish ko‘rishlari haqidagi fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: konflikt, shaxsiy konflikt, ijtimoiy konflikt, psixologik, huquqiy,
falsafiy, sotsiologik konflikt.
Konflikt – bu murakkab ijtimoiy va psixologik hodisa bo‘lib, uni muvaffaqiyatli
o‘rganish eng avvalo metodologik va nazariy yondashuvni qanchalik to‘g‘ri
tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Demak, konfliktning obʼekti va predmetini to‘g‘ri
belgilab olish konfliktlar mohiyatini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Konfliktlar
asosan ijtimoiy o‘zaro taʼsir jarayonida yuzaga keladi. Shunday ekan, “…ijtimoiy
konflikt deganda ijtimoiy o‘zaro taʼsir jarayonida paydo bo‘ladigan ahamiyatli
qarama-qarshiliklar rivojlanishi va yakunlanishining eng keskin usluli tushunilib,
bunda konflikt subʼektlariningbir-birlariga nisbatan qarshi taʼsiri salbiy emotsional
holatlar bilan birga kuzatiladi”1.
Konflikt bitta shaxsga taalluqli bo‘lishi, yaʼni shaxs ichidagi konflikt
ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Demak, shaxs ichidagi konflikt deganda
shaxsning itchki dunyosi tizimidagt uzoq cho‘zilgan kurash natijasida yuzaga kelgan
yorqin ifodalangan salbiy kechinma tushunilib,u ijtimoiy muhit bilan qarama-qarshi
aloqalarni ifodalaydi va qaror qabul qilishni to‘xtatib turadi.
1
Akramova F.A. Ijtimoiy psixologiya.- T.: “Universitet”, 2007.- 102 b.