“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 74
majburiy voz kechishga ichki cheklovlar ham qo‘shilganda bunday patogen
konfliktlar paydo bo‘ladi. Odamga azaldan xos bunday konfliktlilikka uning bolalik
davri tajribasi, ota-onasi bilan munosabatlari tajribasi ham qo‘shiladi. Bolalikda o‘z
yechimini topmagan konfliktlar odam katta yoshli bo‘lganida uning xulq-atvorida
buzilish sodir bo‘lishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday fikrlardan xulosa kelib
chiqadiki, odamning xulq-atvori tashqi vaziyatlardan ko‘ra ko‘proq uning o‘z ichki
xususiyatlari bilan asoslangan bo‘ladi: “Anglanmagan psixologik konfliktlar
odamning xulq-atvorini nazorat qilib turadi”4
Psixoanalizning vakillaridan bo‘lgan K.Xornining fikricha, “normal konflikt har
doim turli xil imkoniyatlar, pozitsiyalar, eʼtiqodlar va x.k.lar orsidan tanlovni taqozo
etadiki, buni amalga oshirish jarayonida odam konfliktlarni yechimini topadi”5.
Nevrotik konflikt har doim ongsiz bo‘ladi: ichki qarama-qarshiliklar odamga tanlov
imkoniyatini qoldirmay uni ichiga yutadi, uni chorasiz qiladi. Nevrotik
shunchaki
o‘zini va o‘z xohishlarini tushunish imkoniyatlarini yo‘qotibgina qolmaydi, u
o‘zining ichki muammolarni yechishga qodir bo‘lmay qoladi, bu esa konfliktning
asosiy manbasiga aylanadi.
Psixoanaliz taʼlimotida konflikt psixikaning chuqur tubida uning mavjudligining
ichki qonuniyatlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan intrapsixik fenomen sifatida,
faqat ushbu qonunlar doirasida to‘g‘ri tushuntirish mukin bo‘lgan xodisa sifatida
namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.
Анцупов А.Я, Шипилов А.И. Конфликтология: Учебник для вузов.
– М.: ЮНИТИ, 2009. – 551 с.
2.
Бекмуродов М. Ўзбекистонда жамоатчилик фикри. Тошкент, 1999.
– 245б.
4
Xell L., Ziglep D. Teorii lichnosti. Spb., 2004. 204 s.
5
Horney K.. New ways in psychoanalysis. New York: Norton.