Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


Maxmudov Abrorjon Zakirovich



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

 
Maxmudov Abrorjon Zakirovich
Namangan davlat universiteti “Informatika” kafedrasi oʻqituvchisi 
yangilik2019@gmail.com
 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Pow Toon resursidan pedagogik faoliyatda 
foydalanish, yaʼni taʼlimga oid taqdimotlar, video va animatsion roliklar yaratish 
boʻyicha bir qator tavsiyalar berilgan. 
Kalit soʻzlar:
Taqdimot, raqamli texnologiyalar, taʼlim resurslari, onlayn 
xizmat. 
Bugungi kunda butun dunyo boʻylab barcha sohalarda raqamli texnologiyalarga 
oʻtish jarayoni kechmoqda, bu esa net-toplar, planshetlar, mobil telefonlar, aqlli 
soatlar, AR va VR texnologiyalari taʼlim jarayoniga kirib kelganligida namoyon 
boʻlmoqda. Oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish bilan birga oʻquv jarayoni 
samaradorligini oshirish maqsadida taqdimotlar, video, audio ilovalarni namoyish 
etish endi yangilik emas. 
Hozirgi paytda muhim va qiyin vazifa axborot sharoitlari, raqamli muhitda zarur 
taʼlim mazmunini shakllantirgan holda talabalarni jalb qila olish zarur. Raqamli 
muhitda oʻsayotgan yoshlar bilan bu jarayonni amalga oshirish esa koʻproq mehnat 
talab qiladi, chunki ular uchun oddiy anʼanaviy manbalar va imkoniyatlarga qiziqish 
yanada qiyinroq boʻladi. Boshqa tomondan, bugungi kunda pedagogik kadrlar 
tayyorlash tizimidagi har bir zamonaviy oʻqituvchi innovatsion kompyuter 
texnologiyalaridan foydalangan holda taʼlimni yangicha usulda olib borish zarurligini 
tushunadi. Bu esa har bir oʻqituvchidan oʻz ustida tinimsiz ishlash, izlanish, oʻzining 
raqamli taʼlim resurslarini ishlab chiqishni talab qiladi. 
Shunday resurslardan biri PowToon boʻlib, bu dastur 2012 yilda paydo boʻlgan 
va darhol taqdimot videolarini yaratish muxlislari orasida, birinchi navbatda, reklama 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
85 
maqsadida biznesmenlar va sotuvchilar orasida katta shuhrat qozongan. Biroq taʼlim 
maqsadlari uchun ushbu dastur juda jozibali hisoblanadi. 
Ushbu onlayn xizmatni yaratuvchilar oddiy foydalanuvchi uchun intuitiv tarzda 
tushunarli shablonlarni yaratadigan dasturchilar qatorini davom ettirmoqdalar, ular 
asosida siz juda jozibali animatsion taqdimotlar qilishingiz mumkin. 
Taqdimotlar yaratish uchun pedagoglar koʻproq PowerPoint dasturiga murojaat 
qilishga oʻrganib qolgan, lekin bu dasturning afzallik tomoni shundaki, u orqali siz 
oʻzingizga mos uslubni, musiqiy parchani, jonlantirilgan obyektlarning kerakli 
guruhini tanlaysiz. Hattoki oʻzingizni rasmlaringizni ham kiritish imkoningiz 
mavjudligi va tayyorlash uchun juda oz vaqt ketishi juda ham qulay. 
Agar biz talabalarni oʻzlarining taqdimotlarini tayyorlashga yoki masofaviy 
oʻqitish uchun animatsion videolardan foydalanishga taklif qilsak, resurs eng mos 
keladigan variant hisoblanadi. Yaratilgan videolar yoki taqdimotlarni YouToube yoki 
PowToon veb-saytida saqlash mumkin. 
PowToonning ishlash prinsipi va uning imkoniyatlaridan biri taqdimot yaratish 
bosqichlarini koʻrib chiqamiz va bu toʻrt bosqichda amalga oshiriladi: 
1.
Format tanlash. Mavjud: infografika, komikslar, qoʻlda chizilgan qora va 
oq grafikalar yoki biznes uslubidagi taqdimot. Ikkinchi holda, PowToon-da ustun 
boʻlgan multfilm rasmlari oʻrniga, ofisda namoyish qilish uchun koʻproq mos 
keladigan slaydlar taklif etiladi. 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin