“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
76
ER
–
XOTINLIK
MUNOSABATLARINING
PSIXOLOGIK
JIHATLARI
Ikromova Muslimabonu Anvarbek qizi
Andijon Davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
ushbu maqolada yosh oila yuzaga kelganidan so‘ng unda er-xotin
munosabatlarining «kutilganidek» rivojlanishiga xalaqit qiladigan ko‘plab ijtimoiy
psixologik, etnik, hududiy,
jinsiy omillar borki, yoshlarimiz bularning barchasi
haqida oldindan xabardor bo‘lishligi va ularning salbiy ta’sirlarini yumshatib, ijobiy
jihatlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lishlari haqidagi fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
yosh oila, psixologik jihatlar, er, kuyov,
uylangan, oilali yigit,
xotin, kelin, turmushga chiqqan ayol.
Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari o‘ziga xos hududiy, etnik, jinsiy, yosh va
individual
psixologik
xususiyatlarga
ega
bo‘lgan
er-xotin
munosabatlari
shakllanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi. U yoki bu yosh oilaga
xos b o‘lgan er-xotin munosabatlari boshqa bir er-xotinga mos kelmasligi mumkin.
Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-xotinlar turli xil shaxslararo munosabatlar
tizimi, turlicha taomilga ega bo‘lgan
oilalarda tarbiyalangan, shaxs sifatida
shakllangan individlardan tashkil topadi. Lekin shunga qaramasdan maxsus
psixologik tadqiqotlarda va ulardan olingan natijalar
asosida yozilgan ilmiy
psixologik adabiyotlarda yosh oilalarda er-xotin munosabatlarinig shakllanishi va
rivojlanishining umumiy mexanizmlarga oid tegishli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Albatta, yosh oila yuzaga kelar ekan, ular
bir-birlarini sevib turmush
qurishganmi, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik, sovchilik,
hisobi tufaylimi
yoki stereotip bo‘yichami, qanday bolishidan qat’iy nazar nikohning ilk kunlarida
ularning bir-birlariga nisbatan bo‘lgan o ‘zaro munosabatlarida, er-xotin o ‘rtasidagi
shaxslararo munosabatlarda emotsional ko‘tarinkilik, hissiy rang-baranglik darajasi
yuqori bo‘ladi. Bir-birlarini ma’lum bir muddat sevishib oila qurgan juftlarda bunday