Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari.
Texnologik jarayonlarni
tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisobga
olishni taqoza etadi:
-xavfli va zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari,
materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada bo‘lishini oldini olishni;
7.2.-rasm. Yuk arqoni uzilganda xavfli zona chegarasini aniqlash sxemasi.
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lganda kompleks
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish;
-ishchilarning himoyasini ta’minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish
uskunalarini o‘chirish nazorati sistemasini taminlash va texnologik jarayonlarni
boshqarishni amalga oshirish;
-xavfli va zararli omil hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan
chiqarish va uni zararsizlantirish.
Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon
etilishi kerak.
Ishlab chiqarish binosini tanlashda uni sanitar normalarga mosligini, yong‘in
va portlash xavfi bo‘yicha uning kategoriyalarini hamda elektr tokidan
jarohatlanish bo‘yicha xonalar sinfini va boshqalarni aniqlash muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy omillardan biri uskunalarga
xizmat qiluvchi xodimlarni kasbiy tayyorgarligi va bajaradigan ishiga ularning
jismoniy imkoniyatini mavjudligidir.
Dostları ilə paylaş: