Ishlab chiqarish uskunalarga umumiy xavfsizlik talablari.
Ishlab chiqarish
uskunalarga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari,
uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
xavfli va zararli omillar manbaini aniqlashdan so‘ng, xavfsizlik talablari
belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qo‘yilgan asosiy
talablarga: odamlar sog‘ligi va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda
ishonchlilik va qulayliklar kiradi.
Uskunalarni ishlatishda mikroiqlimning o‘zgarishi, atmosfera xrlatlarning
ta’siri organizmga xavf solmasligi kerak. Ishlab chiqarish uskunalari yong‘in va
portlashga xavfsiz bo‘lishi kerak. Ularning konstruksiyasida qo‘llaniladigan
materiallar zararli, xavfli bo‘lmasligi, ularning harakatlanadigan aylanadigan
qismlari xavf manbalari hisoblanadi va shu sababli ular xavfsiz qilib to‘silgan
bo‘lishi kerak.
Uskunalarni avariya sodir bo‘lganda o‘chirishi lozim bo‘lgan knopkalari,
dastalari ularning ko‘rinadigan va qulay joyida joylashtirilishi kerak. Bu talabni
bajarish ular qizil ranglarga bo‘yab qo‘yilganda yanada osonlashadi.
Dostları ilə paylaş: |