"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 


140 
4 – guruh uchun tarqatma material.
Eksperiment metodi. 
Psixologiya fanining asosiy metodalaridan biri bo’lib, 
ma’lum ilmiy va pedagogik taxminlarni tajriba asosida tekshirib ko’rish uchun 
o’tkaziladi. Psixologik eksperiment tadqiqotchining o’rganilayotgan faoliyat 
yoki sinash vaziyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Tadqiqotchi 
psixologik fakt aniq namoyon bo’lishiga, uning eksperimentchi xoxlagan 
yo’nalish bo’yicha o’zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha 
marta takrorlanishiga imkon beradigan shart sharoit yaratadi.
Eksperiment metodining uchta turi mavjud: Laboratoriya tabiiy va 
shakllantiruvchi 
(pedagogik) 
eksperiment. 
Shulardan 
keyingi 
ikkitasi 
o’qituvchilar tomonidan keng qo’llanilishi mumkin. Laboratoriya eksperimenti 
sun’iy sharoitda, maxsus asbob-uskunalar yordamida o’tkazilsa, tabiiy 
eksperiment o’quvchilar uchun tabiiy bo’lgan o’yin, o’qish, mehnat 
vaziyatlarida o’tkaziladi va o’quvchilar o’zlarining ustida sinash 
o’tkazilayotganligini bilishmaydi.
Uzoq muddatga esda qoldirish samaradorligi o’quvchilaga beriladigan 
ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo’la oladi.
O’quvchilardan bir guruhiga 15 tadan iborat tasodifiy so’zlar yoki sonlar 
qatori yodlash uchun taqdim qilinadi. Bu o’quvchilarga ushbu material ertaga 
so’ralishi to’g’risida ko’rsatma beriladi. Boshqa bir guruhda shu so’zlar yoki 
sonlar qatorini yodlash so’raladi. Lekin bu o’quvchilar guruhiga material qanday 
yodlanganligini bir xaftadan keyin tekshirilish to’g’risida ko’rsatma beriladi.
Haqiqatda esa har ikkala guruh o’quvchilaridan esda olib qolingan material ikki 
xaftadan keyin so’raladi.
Tajriba natijalari solishtirib tabiiy eksperiment orqali o’quvchilarga eslab 
qolish uchun beriladigan ko’rsatma mazmuning ahamiyati haqida xulosaga 
kelinadi.
Shakllantiruvchi (pedagogik) eksperiment ma’lum bir shaxs xususiyatini 
shakllantirishga yoki o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi. Bunday eksperimentga 
A.I.Lipkina tomonidan qo’llanilgan metodni misol sifatida keltirish mumkin.
Ba’zan o’quvchining yaxshi o’zlashtirmasligining sababi, o’quvchi o’zini 
o’qishga nisbattan qobiliyatini past baholash mumkin. Bunday o’quvchilar 
«Men bari bir yaxshi o’qiy olmayman» deb yaxshi o’qishga harakat qilmaydi.
Ularning o’zlashtirish darajasini yaxshilash uchun o’zlariga bergan bahosini 
o’zgartirish lozim. Shu maqsadda, ya’ni o’z-o’ziga bergan bahosining 
darajasini oshirish uchun o’qituvchi quyidagicha pedagogik tadbir qo’llashi 
lozim. O’qituvchi bunday o’quvchidan quyi sinfdan bir nechta «qoloq» 
o’zlashtirishi past o’quvchilarga «O’qituvchilik» qilishni iltimos qiladi.
O’qituvchi quyi sinflarga o’tiladigan materialni o’quvchi bilishini, 
takrorlasa yanada yaxshi tushunib olishi mumkinligini uqtirib, har bir darsdan 
oldin o’zlashtirishda qiynalayotgan bolalarga qanday dars berish to’g’risida 
kerakli ko’rsatmatlar berib boradi. Har bir darsdan keyin o’quvchining 
muvaffaqqiyat va yutuqlarini ko’rsatib maqtaydi hamda minatdorchilik bildirib 
boradi.
O’zlashtirishda qiynalayotgan quyi sinf o’quvchilar bilan muntazam 
mashg’ulotlar jarayonida «O’qituvchi» rolini bajarayotgan o’quvchi asta-sekin 
oldingi o’quv materialini o’zlashtirish bilan birga, o’zining yangi o’quv 


141 
materiallarini o’zlashtira olish qobiliyatiga ishonch shakllana boradi. Natijada 
o’qish qobiliyatiga nisbattan o’z-o’ziga bergan bahosining darajasi orta boradi. 
7
Eksperiment metodining avzalligi shundaki bu uslub orqali nafaqat 
psixologik faktlarni tushuntirish, balki sabablarini, mexanizm va qonuniyatlarini 
tajriba asosida aniqlash, mavjud taxminlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini 
tasdiqlash, yangi ta’lim tarbiya shakllarining, uslublarining samaradorligini 
sinab ko’rish mumkin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin