226
Shubertning “Tavakkalga tayyorlik darajasini diagnostika qilish” metodikasi.
Ko’rsatma: So’ralayotgan harakatlarni amalga
oshirishga tayyorgarlik
darajangizni baholang. quyida berilgan 25 ta savolga ushbu tizim bo’yicha bal
qo’yib javob bering:
+ 2 bal - to’liq qo’shilaman, to’lig’icha “ha”
+ 1 bal -
“yo’q” dan ko’ra ko’proq “ha”
0 bal -
“ha”
ham emas, “yo’q” ham emas, ikkalasining o’rtasi
- 1 bal - “ha” dan ko’ra ko’proq “yo’q” deyish mumkin
- 2 bal - to’lig’icha “yo’q”
Og’ir dardga chalingan odamga tezroq yordam ko’rsatish
uchun belgilangan
tezlikni normadan oshiringiz mumkinmi?
Agar juda yaxshi maosh to’lashni va’da berishsa,
uzoq muddatli va xavfli
ekspedisiyaga borishga rozilik berarmidingiz?
Qochib ketayotgan xavfli dushman yoki qurollangan o’g’rining yo’lini to’sa
olasizmi?
Soatiga 100 km tezlik bilan harakat qilayotgan poyezdning yonida
mashinangizda ketishga qo’rqmaysizmi?
Uyqusiz o’tkazgan kuningizning ertasiga normal ishlab ketaverasizmi?
Sovuq daryoni birinchi bo’lib oldinda suzib kesib o’ta olasizmi?
Qaytarib berishiga to’la ishonmagan taqdirda ham do’stingizga
katta miqdordagi
pulni qarzga berib tura olasizmi?
Sizni xavfsiz deb ishontirgan taqdirda sherni o’rgatuvchisi bilan birga sherning
qafasiga kirishga jur’at qilasizmi?
Tashqaridan qo’llab turishgan paytda juda balandlikka tirmashib chiqa
olarmidingiz?
Mashqsiz parusli (yelkanli) qayiqni boshqara olasizmi?
Yugurib ketayotgan otning jilovidan ushlashga jur’at qilasizmi?
O’n stakan pivo ichib olgan taqdirda velosipedni boshqarib keta olasizmi?
Parashyutdan sakray olasizmi?
Zarurat bo’lib qolsa, Toshkentdan Moskvagacha biletsiz keta olasizmi?
Yaqindagina avtohalokatda og’ir jarohatlangan
tanishingiz bilan, u ro’lda
bo’lgani holda avtoturnerga chiqishga jur’at qila olasizmi?
O’t o’chiruvchilar tentiga o’n metrlik balandlikdan sakray olasizmi?
Uzoq muddat mobaynida tushakda yotishni talab qilayotgan kasallikdan qutilish
uchun murakkab operasiyaga rozilik bildira olasizmi?
Soatiga 50 km tezlikda harakat qilayotgan yuk vagonidan sakray olasizmi?
Olti kishiga mo’ljallangan liftda shoshib turgan paytingizda yettinchi kishi
bo’lib chiqib olishingiz mumkinmi?
Katta miqdorda pul berishni va’da qilishsa, ko’zingiz bog’liq holda serqatnov
ko’chadan o’tishga jur’at etasizmi?
Hayotingiz uchun xavfli ish uchun katta maosh to’lashsa,
ishlashga rozilik
berarmidingiz?
Kuchli mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilgach, foizlarni hisoblay olasizmi?
Boshliqning gapiga kirib, yuqori kuchlanishli simni, u toksiz deyishiga ishonib,
ushlay olasizmi?
227
Qisqa muddatli tushuntirishlardan so’ng vertolyotni boshqara olarmidingiz?
Qo’lingizda biletingiz bo’la turib, lekin yemish
va pulsiz Moskvaga keta
olasizmi?
Kalit:
Yuqoridagi ko’rsatmaga ko’ra ballarni hisoblang.
-50dan +50gacha bo’lgan oraliqda to’plagan balingizning qiymatini
aniqlang, o’rtachadan qaysi tomonga og’ishiga qarab, xulosa chiqaring.
Javoblarning ijobiyligi tavakkalchilikka moyillingiz borligidan darak beradi.
- 30 dan past -
juda ehtiyotsiz.
- 10 dan +10 oralig’i -
o’rtacha ko’rsatkich.
+ 20 baldan yuqori -
tavakkalchilikka moyillik.
Dostları ilə paylaş: