57
Lekin, barcha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo‘ldiki,
amerikalik rahbarlar ko‘proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar
ko‘rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo‘lishi tarafdorlari bo‘lsalar,
yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari
samarasini oshiruvchi
sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar.
50-chi yillardan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda
ham muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi.
Lekin
ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina
barcha tadqiqotlarda muhim, deb
e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko‘p marta takrorlanganlariga:
a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish
qobiliyati, u o‘ta yuqori bo‘lmasligi,
aksincha, o‘rtachadan yuqori bo‘lishi
kerakligi e’tirof etildi);
b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash
qobiliyati va shunga mos motivlar).
Dostları ilə paylaş: