55
doirasida amalga oshiriladi.
Agar ushbu hodisalarning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqaruv
nazariyoti va amaliyoti sohalarida tadbiqiy ishlarning tashabbuskori F. Teylor
hisoblanadi. Keyinchalik bu yo‘nalish “ilmiy menedjment” deb atala boshladi.
Teylor yangicha funksional ma’muriyatchilik tizimining asoschisi sifatida
boshqaruv uslublariga, intizomiy sanksiyalar va rag‘batlantirish tizimiga katta
ahamiyat berish lozimligini ta’kidladi. U moddiy rag‘batlantirishning
alohida
rolini ta’kidlagan tarzda, odamlardagi mehnatga motivatsiyaning asosi sifatida
mehnatga haq to‘lashning differensial tizimini tavsiya etdi.
Uning izdoshlaridan biri - D. Jilbert esa odamlar yaxshi va unumli
ishlashlari uchun ularning ish joylarini va u erdagi shart-sharoitlarni yaxshilash
shartligi g‘oyasini ilgari surdi.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning muhim omili sifatida insoniy
munosabatlarni ilgari surgan E. Meyo, boshqaruvchi eng avvalo odamning o‘z
professional va ijtimoiy holatidan qoniqishini inobatga olishi zarurligini
isbotlagan. U birinchi marta boshqaruvda aniq belgilangan boshliq -
buysunuvchi ierarxiyasi bo‘lishi
mumkin emasligini, bu narsa jamoadagi
psixologik muhitga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan. SHuning uchun
ham u indivivdual rag‘batlantirishni gruppaviy bilan, iqtisodiyni - ijtimoiy-
psixologik omillar bilan almashtirish kerakligi g‘oyasini ilgari surdi.
Meyo fikrlarini rivojlantirib, R. Laykert yaxshi
boshqaruvning quyidagi
omillarini belgiladi:
boshqaruv uslublari
dan shundayi mavjudki, bunda rahbar xodimlarga
ishonadi;
xodimni faol mehnatga, gruppaviy faoliyatga tortadigan
motivatsiya
shakllari;
hammaga teng etib boradigan kommunikatsiya turi;
barcha a’zolar ishtirokida va ularning fikrlarini
inobatga oladigan
qarorlar qabul qilish;
jamoaning umumiy muhokamasi natijasida belgilangan
maqsadlar;
markazlashmagan
nazorat
shakli.
Boshqaruv muammolariga bag‘ishlangan nazariyalar orasida De Mak-
Gregorning “X” va “Y” nazariyalari alohida diqqat talab qiladi. “X nazariyasi”
ma’lumki, boshqaruvga yondashuvning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
tamoyillarini nazarda tutsa, “Y nazariyasi” undan tubdan farq qiladi. “X”
yondashuv quyidagilarga tayanadi:
1. Odamning aslida mehnatga toqati yo‘q, unga ishdan qochishga moyillik
kuchli.
2. Oddiy odamga tavakkal qilishdan va mas’uliyatlardan qochish xos
bo‘lib, u passiv va boshqarishlariga muhtoj.
3. Oddiy odamga ko‘p
narsa shart emas, uni tinch qo‘yishsa bas, u
himoyaga, xavfsizlikka muhtoj..
“Y - nazariyasi” esa quyidagilarga asoslanadi:
Odamning jismoniy va intellektual imkoniyatlarini sarflashga intilishi
56
tabiiy bo‘lib, uning uchun mehnat faoliyati o‘yin yoki o‘qish kabi maroqlidir.
Odam mehnat jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish
qobiliyatiga ega.
Odatda odam o‘z bo‘yniga mas’uliyatlarni olishga intiladi va o‘z
iqtidorini namoyon qilishga ehtiyoj sezadi.
Odamni o‘z bo‘yniga mas’uliyat olishga undagan narsa -bu umumiy
faoliyatda ishtirok etishga moyillikdir.
Ko‘pchilikda ijodiy ishlash va tashabbuslar ko‘rsatishga ishtiyoq
mavjud, bu narsa boshqaruvga ham taalluqlidir.
SHulardan kelib chiqqan holda D. Mak-Gregor yangi “X” va “Y”
nazariyalarining tamoyillarini ilgari surdi.
Dostları ilə paylaş: