Microsoft Word 4-mavzu lab doc



Yüklə 442,79 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü442,79 Kb.
#165266
4-mavzu lab



Laboratoriya ishi № 4 
Mavzu

Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari. Turli xil qidiruv 
tizimlari bilan ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan 
ishlash. Pochta dasturlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida arxivlangan 
fayllar bilan ishlash. 
Ishning maqsadi: 
Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari. Turli 
xil qidiruv tizimlari bilan ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan 
ishlash. Pochta dasturlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida arxivlangan fayllar 
bilan ishlashn o’rgatish hamda amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish. 
Kutilayotgan natija: 
Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari. 
Turli xil qidiruv tizimlari bilan ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) 
bilan ishlash. Pochta dasturlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida arxivlangan 
fayllar bilan ishlashni o’rganadilar va amaliy ko’nikmalarini mustahkamlaydilar. 
Laboratoriya jihozlari: 
Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar. 
Ish rejasi: 
1.
Nazariy ma'lumotlar bilan yaqindan tanishish. 
2.
Topshiriqlar variantlarini o'rganib chiqish. 
3.
Topshiriqlar variantlarida keltirilgan masalalarni bajarish .
4.
Natijalarni olish. 
Nazariy ma’lumot 
Veb-sahifa tushunchasi va shakli. 
Internet manzili (URL) bilan bir xil 
ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb 
sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’ekt to‘g‘risida madumotiami o‘zida jamlagan 
ma’lumotlar faylidir. Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo‘lsa, veb saytlar 
esa o‘z navbatida sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML 
turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va 
boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik 
shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir 
freymga alohida sahifa mos keladi. 
Veb-sayt tushunchasi va shakli. 
Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) 
so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni 
topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. 
Mazkur manzil veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida
bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari 
mavjud bo‘ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari 
yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil 
topgan bo‘lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib 
uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, 
tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. 
Veb portal tushunchasi. 
Veb portal (inglizcha “portal” - darvoza so‘zidan 
olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, 
yangiliklar, forumlar va x.k) ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p 
mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan 
avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki 
runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin. 


Veb saytlarning toifalari va vazifalari. 
Veb saytlarning asosiy vazifasi 
shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning 
Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir 
necha xil toifalarga ajratish mumkin: 
-
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot 
muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz 
-
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va 
reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi. 
-
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do‘konlar, internet to‘lov 
tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, 
webmoney.ru, egold.com 
-
Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, 
fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga 
bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz 
-
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni 
qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan 
saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru 
-
Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, 
xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi. 
Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. 
Axborotni 
serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi, 
FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish 
mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi 
ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga 
joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, 
aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi. 
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali 
amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet 
brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl 
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab 
olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi. 
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili
. Sahifa, 
fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil - 
URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: 
resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, 
domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi. 
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: 
http://www.tuit.uz

http://www.aci.uz
. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi 
mariumotlammg tagiga chiziladi. 
Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan 
iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning 
birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) - domenning ikkinchi 
sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. 
Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha 
nomlanadi. 


Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi: 
http://www
. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
hukumat 
portali. 
O‘zR 
Vazirlar 
Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat 
portalini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 17 dekabrdagi 
259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan 
Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop 
etilgan axborot iblan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan. 
Asosiy maqsadlari: 
-
respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini 
ta’minlash; 
-
tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi 
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; 
-
axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning 
xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va 
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; 
-
axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish. 
O‘tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib 
kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, 
foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor 
ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ - 1041 - sonli qaroriga asosan “Qo‘shimcha 
modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat 
portalini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1 
oktyabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen
www.gov.uz 
manzili bo‘yicha 
joylashtirildi. 


Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish. 
ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentyabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimovning 
“O‘zbekiston 
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 
yil 28 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan. 
ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari 
hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya 
xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat. 
ZiyoNETportali.
ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, 
shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, AT sohasida 
kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur 
imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi. 
Foydalanuvchilar._
ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga 
ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni 
yaratib beradi. Jumladan, 
-
ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot - ta’limiy ma’lumotlarni 
joylashtirish; 
-
uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish; 
-
ZiyoNET portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u erdan ma’lumot 
olish; 
-
ZiyoNET axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish. 
ZiyoNet tarmog‘iga ulanish.
Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta’lim 
muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET axborot ta’limiy tarmog‘i negizida 
birlashishlari kerak. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim 
markazi, Xalq ta’limi vaziriligi va Davlat test markazi veb saytlari va ulardan 
foydalanish.
Ushbu ta’lim vazirliklari saytlari o‘zlarida oliy ta’lim va uning faoliyati, oliy 
ta’lim muaasasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va uning faoliyati, o‘rta-
maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari, xalq ta’limi va uning faoliyati, respublika 
maktablari, ta’limning me’yoriy hujjatlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni 


mujassamlagan. Ta’lim muassasalari vazirliklari saytlari manzillari 
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi veb-sayti:
www.edu.uz
-
O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi:
www.markaz.uz
-
Xalq ta’limi vaziriligi veb sayti:
www.eduportal.uz
-
Davlat test markazi veb sayti:
www.dtm.uz
Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati. 
Masofaviy ta’lim - bu o‘qituvchi va 
o‘quvchi bir-biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot 
texnologiyalardan fodalanilgan holda ta’lim berish mexinizmi. 
Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil 
qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar 
(mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), 
mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va 
kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar 
mavjudligi, ta’lim soxasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari. 
Masofaviy ta’lim modellari: 
1)
Birlamchi model; 
2)
Ikkilamchi model; 
3)
Aralashgan model; 
4)
Konsorsium; 
5)
Franchayzing; 
6)
Validatsiya; 
7)
Uzoqlashgan auditoriyalar; 
8)
Proektlar. 
Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ularning ahamiyati. 
Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot makonining ahvoli va 
rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: 
tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning 
ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni “chetlab 
o‘tish” yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari
kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-
izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollammg “ma’naviy” eskirib 
qolishi va boshqalar. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). 
Pearson. USA, 2014. 672-pages. 
2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down 
approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA, 2013. 
3. М.Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv 
qo‘llanma - Т.: “Noshir”, 2009 y. 
4. Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. 
Издательство ПИТЕР 2012г. 960 стр. 
5. Виктор Олифер, Наталия Олифер. Компьютерные сети. Принципы, 
технологии, протоколы. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр. 


6. М.Aripov, М.Fayziyeva, S.Dottoyev. Web texnologiyalar. O‘quv 
qo‘llanma. Т.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y. 
7. A.E.Begbo’tayev, R.M.Yusupov Tarmoq texnologiyalari. Oʻquv 
qoʻllanma. Toshkent, «Tafakkur» nashriyoti, 2020. 340 bet.

Yüklə 442,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin