Nazorat savollari
1. Kompyuter grafikasining apparat ta‘minoti qanday guruhlarga bo‗linadi.
2. Displeylar qanday rejimlarda ishlaydi?
3. Videoadapterlar qanday vazifani bajaradi?
4. Videoadapterlarni qanday turlarini bilasiz?
5. Skanerlar qanday vazifani bajaradi?
6. Plotterlar qanday vazifani bajaradi?
7. Digitayzerlar qanday vazifani bajaradi?
8. Videotexnologiyani ta‘minlovchi qanday vositalarni bilasiz?
9. Kompyuter videotizimlarining rivojlanish tendentsiyalarini tushuntiring.
10. Dasturiy ta‘minoti bazaviy funksiyalar to‗plamiga nimalar kiradi?
41
3- bob. RANG VA RANG MODELLARI
3.1. Rang va yorug„lik haqida umumiy tushuncha
Kompyuter tizimlarida ranglarni taqdim etish usullarini o‗rganish uchun avval
ba‘zi umumiy jihatlarni ko‗rib chiqamiz.
Rang – bu bizning yorug‗lik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir.
Nur yoki rang bilan tadqiqodchilar azaldan qiziqib kelganlar. Bu sohadagi
olamshumul yutuqlardan biri Isaak Nyutonning oq yorug‗lik nurining tashkil etuvchi
qismlarga ajratilishi bo‗yicha 1666- yilda o‗tkazgan tajribalaridir. Ilgari oq nur eng
sodda nurdir degan tasavvur mavjud edi. Nyuton buni inkor qildi. Nyuton
tajribalarining mohiyati quyidagicha. Oq yorug‗lik nuri (quyosh nuridan foydalanildi)
uchburchakli shisha prizmaga yo‗naltirildi. Prizmadan o‗tgan nur sinib, ekranga
yo‗naltirilganda ranglar sohasi – spektrni hosil qildi. Spektrda asta-sekinlik bilan
biridan ikkinchisiga o‗tuvchi kamalakdagi barcha ranglar mavjud edi. Bu ranglar
boshqa qismlarga ajralmaydi. Nyuton spektrni yaqqol namoyon bo‗ladigan har xil
ranglarga mos keluvchi yetti qismga ajratdi. U ushbu yetti rangni ya‘ni qizil,
zarg‗aldoq, sariq, yashil, havorang, ko‗k va binafsha ranglarni asosiy ranglar deb
hisobladi. Nega yetti xil? Ba‘zi kishilar buni Nyutonning yetti sonining sirli
xususiyatiga ishonganligi bilan tushuntiradilar.
Nyuton tajribalarining ikkinchi qismi shunday bo‗ldi. Prizmadan o‗tgan nur
ikkinchi prizmaga yo‗naltirildi. Bu ikkinchi prizma yordamida yana oq nur olish
imkoni bo‗ldi. Shunday qilib, oq nur ko‗plab boshqa nurlarning qorishig‗idan iborat
ekanligi isbotlandi. Yetti xil asosiy nurlarni Nyuton halqa bo‗ylab joylashtirdi (1-
rasm).
Nyuton ba‘zi nurlar asosiy nurlarning ma‘lum nisbatdagi aralashmasi sifati
hosil bo‗ladi, deb faraz qildi. Agar ranglar xalqasi asosiy ranglar chegarasidagi
nuqtalarga aralashmadagi o‗sha rang miqdoriga teng yuk ossak, unda yig‗indi nur
og‗irlik markaziga mos keladi. Oq nur rang xalqasining markaziga to‗g‗ri keladi.
Ranglar tadqiqotini keyinchalik Tomas Yung, Djems Maksvell va boshqa olimlar
davom etkazdilar. Insonning nurlarni idrok etishini o‗rganish anchagina muhim
42
masala bo‗ldi, ammo asosiy e‘tibor nurning obyektiv xususiyatlarini tadqiq etishga
qaratiladi. Hozirgi paytda fiziklar yorug‗lik nuri ikki xil xususiyatga ega, deb
hisoblaydilar. Bir tomondan, yorug‗likning Aristian Gleygens tomonidan 1678- yilda
olg‗a surilgan to‗lqin nazariyasi yordamida yorug‗lik nurining ko‗pgina xususiyatlari,
shu jumladan qaytish va sinish qonunlari, tushuntirib beriladi.
1-rasm. Nyutonning rang xalqasi
Yorug‗lik nurini to‗lqin xususiyatlari nuqtai nazaridan qarab chiqamiz.
Yorug‗lik nurining to‗lqin xususiyatlaridan biri uning to‗lqin uzunligi – to‗lqinning
bir marta tebranish uchun zarur bo‗lgan vaqtda (tebranish davri) o‗tgan masofasidir.
Spektri birgina to‗lqin uzunligi mos kelgan bitta chiziqdan iborat bo‗lgan nurlanish
monoxromatik nur
deyiladi. Nyuton tomonidan olingan kamalak (shuningdek,
yomg‗irdan keyin kuzatiladigan kamalak ham) cheksiz ko‗p monoxromatik
nurlanishdan tashkil topgandir. Lazer – monoxromatik nurlanishning ancha sifatli
manbayidir. Xuddi shu sababli uning nurini fokusda yig‗ish oson kechadi.
Monoxromatik nurlanishning rangi uning to‗lqin uzunligi bilan aniqlanadi. Ko‗zga
ko‗rinadigan nurlar uchun to‗lqin uzunliklari sohasi 380-400 nmdan (binafsha) to
700-780 nmgacha (qizil) davom etadi. Oraliqda inson ko‗zining sezgirligi bir xilda
emas. Eng yuqori sezgirlik yashil rangga to‗g‗ri keluvchi to‗lqin uzunliklari uchun
kuzatiladi.
қизил
зарғалдоқ
сариқ
яшил
ҳаво ранг
кўк
бинафша
43
Nyuton oq nurni kamalakning barcha ranglari yig‗indisi sifatida tasavvur etish
mumkin ekanligini ko‗rsatadi. Boshqacha qilib aytganda oq nur spektri uzluksiz va
teng taqsimlangandir – unda ko‗rish sohasidagi barcha to‗lqin uzunliklarga mos
keluvchi nurlar ishtrok etadi.
Rangni tasvirlash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
-
Rangning tusni
nur spektridagi eng asosiy to‗lqin uzunligi bilan aniqlash
mumkin. Rangning toni bir rangning boshqasidan masalan, yashilni qizildan,
sariqdan va boshqa ranglardan farqini ajratish imkoniyatini beradi.
-
Yorug„lik
yorug‗lik nurining energiyasi, intensivligi bilan aniqlanadi. Idrok
etilayotgan yorug‗lik nurining miqdorini ifodalaydi.
-
Tusning to„yinishi
yoki tiniqligi. Oq rangning qatnashish ulushi bilan ifoda
etiladi. Ideal sof rangda oq rang aralashmasi bo‗lmaydi. Agar, masalan, sof qizil
rangga ma‘lum nisbatda oq rang qo‗shilsa (rassomlarda bu razbel deb ataladi), och-
qizil rang hosil bo‗ladi.
Ko‗rsatilgan uch belgi barcha ranglar va ularning nozik turlarini ifodalashga
imkon beradi. Atributlarning uchta ekanligi rangning uch o‗lchamlilik xususiyatining
namoyon bo‗lishidir. Keyinroq ko‗ramizki, nurni ifodalashning boshqa uch o‗lchamli
tizimlari ham mavjuddir.
Biz rangni to‗lqin uzunligi va spektr yordamida tushuntirishga harakat qildik.
Ma‘lum bo‗ldiki, bu rang haqida to‗liq bo‗lmagan tasavvur bo‗lib, u umuman
olganda noto‗g‗ridir. Birinchidan, insonning ko‗zi spektroskop emas. Insonning
ko‗rish tizimi to‗lqin uzunligi va spektrni qayd qilmasdan sezgini boshqa usulda hosil
qilsa kerak. Ikkinchidan, insonning idrok etishning o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobiga olmasdan turib ranglarning qo‗shilishini tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan, oq
rang haqiqatdan ham chin siz ko‗p monoxromatik ranglar aralashmasining uzluksiz
spektri sifatida tasavvur qilish mumkin. Ammo mana shu oq rangning o‗zini maxsus
tanlab olingan ikkitagina monoxromatik ranglar aralashmasi bilan ham hosil qilish
mumkin (bunday ranglar o‗zaro to‗ldiruvchi ranglar deyiladi). Har holda inson
bunday aralashmani oq rangdek qabul qiladi. Shuningdek, oq rangni uch va undan
44
ko‗proq monoxromatik nurlarni bir-biriga qo‗shib ham hosil qilish mumkin.
Spektrlari har xil, ammo bir xil rang beruvchi nurlar mengamer ranglar deyiladi.
Rangning toni deganda nimani tushunish kerakligini ham aniqlab olish lozim.
Spektrga ikkita misolni qarab chiqamiz (2-rasm).
2a – rasmda tasvirlangan spektr nurlanish och-yashil rangda ekanligi haqida
gapirish imkonini beradi, chunki unda oq fon ustida bitta spektral chiziq yaqqol
ajraladi. 2b – rasmda spektrga qanday rang (rang toni) mos keladi. Bu yerda
spektrdagi asosiy tashkil etuvchini ajratish mumkin emas, chunki unda bir xil
intensivlikdagi qizil va yashil chiziqlar mavjuddir. Ranglarning qo‗shilishi qonuniga
ko‗ra bu ranglarning qo‗shilishi sariq nurning nozik turini berish mumkin, ammo
spektrdagi monoxromatik sariq rangga mos keluvchi chiziq yo‗q. Shuning uchun
rangning toni deganda aralashma rangiga to‗g‗ri keluvchi monoxromatik nurning
rangi tushuniladi. Shuningdek, qay tarzda „to‗g‗ri kelishi‖ ham aniqlanishni talab
etadi.
2 – rasm. Ikki tur spektr: a) – asosiy bitta tashkil etuvchi mavjud,
b)–bir xil intensivlikdagi ikki tashkil etuvchi.
Rang va uni o‗lchash bilan shug‗ullanadigan fan kolorimetriya deb ataladi. U
inson tomonidan nurni rang sifatida idrok etilishining umumiy qonuniyatlarini bayon
etadi. Kolorimetriyaning asosiy qonunlaridan biri ranglarning tuzilishi qonunlaridir.
Bu qonunlar eng to‗laroq holda 1853- yilda nemis matematigi German Groseman
tomonidan ifoda etilgandir:
45
1) Rang uch o‗lchamlidir – uni ifodalash uchun uch tashkil etuvchi kerak
bo‗ladi. Garchi uch rangdan iborat bir – biriga chiziqli bog‗liq bo‗lmagan
ikkilanmagan miqdordagi to‗plamlar mavjud bo‗lsada, har qanday to‗rt rang bir –
birlari bilan chiziqli bog‗langandir.
Boshqacha qilib aytganda, berilgan har qanday (Ts) rang uchun ranglarning
chiziqli bog‗liqligini aks ettiruvchi quyidagi ko‗rinishdagi rang to‗plamasini yozish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: |