ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905 Academic Research, Uzbekistan 903 www.ares.uz o‟sha davr odamlarining, ya‟ni urush odamlarining qiyofasida, so‟ngra ruhiyatida
ro‟y bergan o‟zgarishlarni umumiy fonda chizadi:
“Normat polvonni ko’rish uchun kelgan qishloqdoshlari o’zlari tasavvur qilgan norg’ul, barvasta, umrida olishib ko’rmagan, lekin suyagi yirik bo’lgani uchun “polvon” deb nom olgan, qishloqning old chavandozlaridan biri, qomatidan kuch yog’ilib turgan, o’ttizdan endi oshgan o’ktam Normat polvonni emas, ozib, mushaklari shalvirab, bo’yin tomirlarida ajinlar paydo bo’lib, yara izlari qolgan, hali dorilarning badbo’y hidi ketmagan, ko’rinishidan ellikni bersa bo’ladigan, sochlari oqara boshlagan, o’zlari eshitgan urushning tirik guvohini ko’rdilar. Qishloqdoshlari uning yuzidagi zahillikka, kuygan quloqlarining orti ola-kula bo’lib qolgan bo’yinlariga va tez-tez sarak-sarak qilib, silkinib turadigan boshiga hech ko’nika olmadilar”. MUHOKAMA VA NATIJALAR Ammo bir narsani ta‟kidlash joizki, yozuvchi jismoniy jarohatlar tufayli
majruh bo‟lib qolgan insonni qishloqdoshlari tomonidan ta‟riflasa-da, ammo
urushdan qaytgan obrazga shu darajada umidbaxshlik,yashash tuyg‟usini
singdirganki, bundan ajablanmaslik mumkin emas. Asar bosh qahramoni Normat
tinch hayotga,mehnatga,butun tabiatga,mehrga tashna edi.Uning ushbu holatini mana
bu satrlardan o‟qiymiz :
”Dunyodagi hamma narsa uning baxti, quvonchi uchun yaratilganini tuydi, endi bu narsalarni hech narsaga, hatto Xudosi kelsa ham almashmayman : bular mening hayotimdan ham aziz, menga hayot baxsh etdi, deb o’yladi. Ko’ngil darchalarini yashnab-yashnab kelayotgan hayotga qarata lang ochib qo’ydi”. Yozuvchi Normatning urushdan qaytgan davrida yuz bergan o‟zgarishlar orqali
urushdan qaytgan kishining yangi umidlar, cheksiz hayotbaxshlik tuyg‟usi bilan tinch
hayotga qadam qo‟yishini tasvirini bergan bo‟lsa, oradan biroz vaqt o‟tib Normatning
urush qoldirgan izlardan qutula olmasligini, urush degan azob bilan uning qayta va
qayta to‟qnashaverishini beradi: Xolmat merganni ushlashga borganda ro‟y bergan
holatni
(Normat polvonni chakka tomirlari bo’rtib chiqqan, ko’zlarining atrofi ko’karib ketgan, og’zining bir chekkasida sarg’ish ko’pik paydo bo’layotgan edi. Normat chinqirgancha, ikki qo’li bilan chakka tomirlarini ushladi-yu, gir aylanib yerga qayta yiqildi) va rafiqasi Anziratning xiyonatidan so‟nggi holatini
(Normat ko’rinishidan ham, harakatidan ham aqldan ozgandi. Uning ko’z kosalari kattalashib, yuzi qoraya boshlagan edi. Ko’zlari qonga to’lgandi ) butunlay
yuqoridagi holatga zid tarzda chizadi.