−
kichik biznesni, muhim tarmoqlarni, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan
hududlarni qo’llab-quvvatlash;
−
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish;
−
milliylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)
kabilarni sanab o’tishimiz mumkin.
Bilvosita tartibga solish
usullari bozor munosabatlari subʼyektlarining
faoliyatini rag’batlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish uchun turli imtiyozlar
yaratishni nazarda tutib, ular soliq tizimidagi, narx siyosatidagi, amortizatsiyadagi,
moliya va kredit siyosatidagi imt
iyozlarni o’z ichiga oladi.
Huquqiy tartibga solish
bozor iqtisodiyoti va mehnat qonunchiligini (qonun-
qoidalar, me’yoriy hujjatlar va ko’rsatmalar), shuningdek, ekologik talablar va
taqiqlar tizimini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tartibga solish iqtisodiy siyosat, konsepsiyalar, asosiy
yo’nalishlar, maqsadli kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, pul-kredit
tizimini barqarorlashtirish, soliq tizimini takomillashtirish,
narxlarni nazorat qilish,
kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini differensiallashtirish, byudjetni rejalashtirish,
milliy iqtisodiyotning muhim yo’nalishlarini moliyalashtirish, davlat iqtisodiyotini
rivojlantirish, davlat va jamiyatning iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish, davlat
buyurtmalarini bajarish shaklida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
−
mehnat munosabatlari va bandlikning ijtimoiy kafolatlari,
aholining
ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari va mehnatga layoqatsiz kishilarni himoya
qilish;
−
aholining ijtimoiy-demografik guruhlari tomonidan eng muhim tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan iste’molining minimal va oqilona miqdori, pul daromadlari va
inson hayot faoliyatiining boshqa shartlarini o’z ichiga olgan ijtimoiy standartlarni
ishlab chiqish.
Shunday qilib, davlatning roli quyidagi muvofiqlashtirish shakllaridan
foydalangan holda bozor faoliyatining umumiy qoidalarini o’rnatish va himoya
qilishdan iborat:
−
qonunchilik (shu jumladan monopoliyaga qarshi);
−
davlat buyurtmalari;
−
eksport va importni litsenziyalash;
−
kreditlash stavkalarini aniqlash;
−
rag’batlantirishning turli shakllari;
−
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;
−
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va boshqalar.
Nazariy tahlillar shuni ko’rsatadiki, davlat zimmasiga bozordan tashqari
quyidagi vazifalar ham yuklangan, ularga:
−
ekologik xavfsizlikka rioya qilish;
−
insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish (shu jumladan
iste’molchilar);
−
daromadlarni qayta taqsimlash;
−
ilmiy-
texnikaviy taraqqiyotni qo’llab-quvvatlash;
−
tarkibiy va mintaqaviy nomutanosibliklarni bartaraf etish;
−
samarali xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish kabi vazifalarni
kiritishimiz mumkin.
Bu vazifalarni amalga oshirishda davlat tovar-pul
munosabatlari amalga
oshiriladigan tashkilotlar darajasida o’z-o’zini tartibga solish mexanizmining
ishlashiga aralashmasdan yoki cheklamasdan, umuman milliy iqtisodiyot
darajasida talab va taklifni tartibga soladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat organlarining boshqaruvdagi
ishtiroki boshida muhim bo’lgan bo’lsa, oxirida minimal tartibga solinadi. Bozor
omillari kuchayib borishi bilan davlat ta’siri shakllari tobora ko’proq "yumshoq"
tartibga solish vositalariga (soliq, kredit, amortizatsiya, tarif siyosati va boshqalar)
aylanmoqda.
Bozor sharoitida boshqaruvni tartibga solishda quyidagi muammolar
boshqaruv jarayonini sekinlatishi mumkin:
−
mintaqalarning rivojlanish darajasini turli tumanligi;
−
aholining psixologik tayyorgarlik darajasini pa
stligi, ya’ni
psixologik
tayyor emasligi;
−
markazlashgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning
analog variantining yo’qligi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi boshqaruv evolyutsiyasi milliy
iqtisodiyotda o’zini-o’zi boshqarish va rivojlantirishga qodir bo’lgan tuzilmalar
faoliyatiga asoslangan tizimni yaratishga qaratilgan. Bunday sharoitda biznes
markazlari tobora ko’proq iqtisodiy mustaqillik o’sib borayotgan hududlar
darajasiga o’tmoqda. Bir tomondan, o’zi ham shundoq rivojlangan mintaqalarda
hal qilinadigan vazifalar soni va murakkabligining ko’payishiga olib keladi, boshqa
tomondan esa, bu butun milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimini sezilarli darajada
soddalashtiradi.
Xususiy tadbirkorlik sohasining kengayishi hisobiga
iqtisodiyotning davlat
sektori asta-
sekin qisqarib bormoqda. Biroq o’tish davri yakunida ham davlat
sektori yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismini tashkil qiladi, yirik va o’rta
korxonalarning iqtisodiyot uchun ahamiyati pasayishi dargumon. Ammo bunday
korxonalarn
i boshqarish bozor va ma’muriy usullarning uyg’unligiga asoslanishi
kerak. U yoki bu usullar guruhining ustunligi mamlakat iqtisodiy tizimidagi
korxonalarning holatiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: