7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarix falsafasining predmeti, tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

Tarix falsafasining predmeti, tuzilishi va funksiyalari. 
«Tarix falsafasi» 
nima va uning predmeti nimadan iborat? Bu savolga javob berar ekanmiz, tarix 
falsafasi tushunchasiga «Falsafiy qomusiy lug’at» mualliflari bergan ta’rifni 
keltirish o’rinli bo’ladi deb o’ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy 
jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi»
7
. Shunday 
qilib, tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarix falsafasining 
predmeti esa tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini 
yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir 
yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti 
va muammolari sezilarli darajada o’zgargan va hozirgi vaqtda tarix falsafasining 
turli yo’nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi.
Masalan, antik davr tarixchilari va faylasuflari (Gerodot, Platon, Fukidid, 
Aristotel, Plutarx va b.)ning tadqiqotlari o’tgan va hozirgi zamon kishilarining 
qilmishlari, tabiat va insonning o’zaro aloqasi haqida ma’lumotlar yig’ishdan, 
ya’ni tarixiy dalillarni ularni nazariy jihatdan anglab yetmasdan va yagona falsafiy-
tarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va o’rganishdan iborat bo’lgan.
O’rta asrlarda (Avgustin va b.) tarix falsafasining predmeti sifatida avvalo 
Xudo va insonning o’zaro aloqasi muammosi, harakatlantiruvchi kuchi ilohiy 
vahiy sanalgan tarixiy jarayonning mazmunini aniqlash, tarixiy asarlarning 
mohiyati va vazifasini o’rganish amal qilgan.
Sharqda tarix falsafasining (A.Beruniy, Ibn Xaldun, A.B.Narxashiy, 
R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, 
yo’nalish va omillarini belgilovchi kishilik jamiyatining o’ziga xos davriylik 
nazariyasi alohida o’rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o’zining hayotiy davriga 
6
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари-Т.: Маънавият, -Б.186.
7
Философский энциклопедический словарь. – М.: Современный литератор, 1989. – 700-б.


ega”
8
. Beruniy tarixni o’rganish tahlil qilish va so’ng xulosalar chiqarish zaruligini 
tavsiya qilar ekan, uni davrlarga bo’lish, har bir davrning o’ziga xos jihatlarini 
aniqlash va ana shu usul orqali ijtimoiy hayotga, kishilik jamiyatiga tegishli va 
asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi. 
Uyg’onish davrida va Yangi davrda (Nikkolo Makiavelli, Jambattista Viko, 
Frensis Bekon, Tomas Gobbs va b.) tarixning maqsadi, yo’nalishini, shuningdek 
tarixiy jarayonda insonning, sinflarning rolini aniqlash (Ogyusten Tyerri, Fransua 
Gizo, Ogyust Minye) tarix falsafasining predmetiga aylangan. Yangi davrda «tarix 
falsafasi» atamasi ham paydo bo’lgan, uni ilk bor 1765 yilda tarixchi tarixiy 
voqyealarni shunchaki tavsiflabgina qolmasdan, balki tarixiy jarayonni falsafiy 
jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma’rifatchisi 
Volter ishlatgan. Keyinchalik tarixiy jarayonning umumiy qonuniyatlari va 
dialektikasini aniqlash yo’lida izlanishlar olib borish Georg Gegel hamda dialektik 
materializm asoschilari Karl Marks va Fridrix Engels uchun tarix falsafasining 
asosiy predmetiga aylangan.
XIX asr oxiri – XX asr boshida tarix falsafasining ko’pgina yangi 
yo’nalishlari vujudga kelgan. Ularning har biri o’z tadqiqot predmetiga ega 
bo’lgan. Masalan, tarixning aylanma harakati nazariyasi namoyandalari (Nikolay 
Danilevskiy, Osvald Shpengler, Arnold Toynbi), o’z o’tmishdoshlari kabi, o’z 
oldiga tarixiy jarayon qonuniyatlarini aniqlash vazifasini qo’ygan. Xristian tarix 
falsafasining ko’p sonli yo’nalishlari: neotomizm (Jak Mariten, Etyen Anri Jilson 
va b.), neoavgustizm (Moris Blondel, Gabriyel Marsel, Jan Lakrua), teyyardizm 
(Pyer Teyyar de Sharden) va qisman ekzistensializm (Karl Yaspers) namoyandalari 
tarixning mazmuni muammosini bosh muammo deb hisoblaganlar. Tarixiy bilish 
gnoseologik nazariyasi va tanqidi namoyandalari (Vilgelm Diltey, Benedetto 
Kroche) esa tarixshunoslik (istoriografiya) doirasi bilangina cheklanib 
qolmaganlar, balki so’zning keng ma’nosidagi tarixiy ongni ham tahlil qilganlar. 
Neokantchilik tarix falsafasi (Vilgelm Vindelband, Genrix Rikkert) va «analitik» 
tarix falsafasi (Ernest Nagel, Karl Gempel va b.) ham o’zining alohida predmetiga 
ega. XX asr tarix falsafasi aksariyat hozirgi yo’nalishlarining muhim xususiyati 
shundan iboratki, ularning predmeti sifatida jahon tarixi, hozirgi sivilizasiyaning 
global muammolari amal qiladi.
Bu muxtasar sharhdan ko’rinib turganidek, turli falsafiy-tarixiy maktablarda 
tadqiqot predmeti muammosiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Ayni 
hol avvalo shu bilan bog’liqki, tarixiy voqyelikning mohiyati turli tadqiqotchilar 
tomonidan har xil tushunilishi o’z-o’zidan tarixiy jarayonning, ya’ni «tarix 
falsafasi»ning ko’p sonli falsafiy talqinlarini vujudga keltiradi. Ammo mazkur 
yondashuvlarni umumlashtirish tarix falsafasi – bu falsafaning tarixiy jarayon 
mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy yo’nalishlarini tushuntirish bilan 
shug’ullanuvchi, shuningdek uni bilish metodlarini asoslovchi bo’limi, degan 
xulosaga kelish imkonini beradi. 
Tarix falsafasi predmetining umumiy tavsifi uning tuzilishi va funksiyalarini 
o’rganishga o’tish imkonini beradi.
8
Қаранг. Ҳотамий С.М. Ислом тафаккури тарихидан.-Т.: Маънавият, 2003. –Б.263



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin