Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish


Mehnat resurslarining shakllanishi



Yüklə 336,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü336,62 Kb.
#165918
1   2   3   4   5   6
450-455

Mehnat resurslarining shakllanishi.
Qaror topgan statistik amaliyotga ko’ra, mehnat resurslari
mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnat layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida
ishlayotgan yosh va o’rta yoshdagi mehnat qobiliyatidagi kishilardan iborat bo’ladi. Ko’pincha
yoshroq bo’lganlarni ishlovchi o’smirlar, katta yoshdagi kishilarni ishlayotgan pensionerlar, deb
atashadi. Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh» ning quyi chegarasi 16 yosh, yuqori
chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi. «Imtiyozli pensionerlar»
avvalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda ishlayotganlar o’z ishlarida davom ettirmoqdalar,
shuning uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar. Ishlayotgan pensionerlar esa
mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog’lig’i
yomon bo’lganligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda gap I va II guruh
nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat
resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq, I va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab
chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. Shuning uchun ham mehnatga


451
layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo’lgan davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan
yoshgacha fuqarolar mehnat resurslariga kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari
bundan mustasno).
Rivojlangan mamlakatlarda «iqtisodiy jihatidan faol aholi» tushunchasi qaror topgan. Ularga
mehnat bilan band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, «fuqarolik jihatidan
iqtisodiy faol aholi» tushunchasi ham tarqalgan bo’lib, unga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi [1].
Shunday qilib, mehnat resurslari o’zining mazmuniga ko’ra, «iqtisodiy faol aholi»
tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari, mehnat resurslari yana mehnatga
layoqatli yoshdagi o’quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va
mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz bo’lmasa ham, qandaydir sabablarga ko’ra,
mamlakat xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan aholini ham o’z ichiga oladi.
Mehnat resurslarini shakllantirish deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib
turishi tushuniladi. Aftidan, «takror ishlab chiqarish» «shakllanish» so’ziga qaraganda to’g’riroq
bo’lardi, lekin, odatiy bo’lib qolgan, hamda, barqaror bo’lib borayotgan atamalardan ham voz
kechish to’g’ri emas.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun, birinchidan mehnat resurslarini
uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha-mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli yoshdan
kattaroq kishilarni; ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi
omillarni; uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishdagi tabiiy va mexanik
o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rib chiqish lozim.
Sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, mehnat resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish dolzarb vazifadir. Mehnat resurslari takomillashuvi o‘z navbatida
korxonalarda maxsulot sifati yaxshilanishiga, mehnat unumdorligi oshishiga, korxonaning
raqobatbardoshligi oshishi natijasida, bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga va boshqa ko‘plab
ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘zgarishiga ta’sir qiladi.
Shuning uchun ham mehnat resurslarini boshqarish kundan-kunga muhim ahamiyat kasb
etib bormoqda, chunki sanoatlashish davridagi kabi va jamiyatni axborotlashtirish davrida ham
"kadrlar hamma narsani hal qiladi".
Mehnat resurslarining ta'rifi ikki so‘zdan iborat - mehnat va resurslar. Eng avvalo,
"resurslar" so‘zining ma'nosiga alohida e'tibor berib o‘tsak:
T.F.Efremovaning izohli lug‘atida yozilishicha: “Resurslar bu -mavjud bo‘lgan, ammo faqat
zarurat bo‘lganda foydalaniladigan vositalar yoki biror bir narsaning manbaidir”.
Ensiklopedik lug‘atda quyidagi ta'rif berilgan - "Resurslar (fransuzcha manbadan -
yordamchi vosita) - pul, zaxiralar, qadriyatlar, imkoniyatlar, mablag‘ manbalari, daromadlar
(masalan, tabiiy resurslar, iqtisodiy resurslar)".
Biznes lug‘atiga ko‘ra, "Resurslar" so‘zining ma'nosi quyidagicha. Resurslar - mablag‘lar,
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga sarflanadigan imkoniyatlar.
Shuningdek fransiyalik olim Jon Batist Sey ham o‘zining ishlab chiqarishning uch omili
nazariyasi bilan mashhur bo‘lib, unga ko‘ra ushbu omillarning birinchisi deb mehnat resurslari
keltirib o‘tiladi[2].
Zamonaviy adabiyotlarda ham ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar mehnat resurslarini
takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.


452
M.Armstrongga ko‘ra: “Bugungi va kelajakdagi bozor ehtiyojlarini qondirish uchun ishchi
kuchini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni aniqlashni talab etadi”[3].
Dayneka va Bespolkolarning ta’kidlashicha “Inson resurslarini samarali boshqarish uchun
personalni korxonaning asosiy, shu jumladan, strategik maqsadlariga erishish uchun asosiy
resurslaridan biri sifatida qabul qilish lozim”[3].
Shunday qilib, mehnat resurslari korxona uchun mablag‘ va daromad manbalaridan biri
hisoblanadi.
Mehnat resurslari korxona uchun daromad manbai bo‘lishi uchun ularni samarali
boshqarish, ulardan toʻg’ri foydalanish zarur.
Mehnat resurslarini toʻg’ri foydalanish
asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobilyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat
qilishga undash hisoblanadi

Yüklə 336,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin