O‘zbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning markazlashtirilgan hisobini hamda yagona ma’lumotlar
bazasini yuritishi;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligidan chiqishga doir materiallarni tayyorlashda ishtirok etishi;
xavf tahdid solgan taqdirda, sudyalarning, prokurorlarning, tergovchilarning,
surishtiruvchilarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning hamda
jinoyat protsessi boshqa
ishtirokchilarining, shuningdek ular oila a’zolarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki himoya
qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rishi;
ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxslardan oli
b qo‘yilgan,
shuningdek
topilgan va ichki ishlar organlariga topshirilgan hujjatlar, qimmatbaho buyumlar, ashyolar
va boshqa mol-
mulkning saqlanishini ta’minlashi, ularni qonuniy egalariga qaytarish yoki
tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ixtiyoriga
topshirish choralarini ko‘rishi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni, shuningdek
ichki ishlar organlari
tomoni
dan qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan o‘zga obyektlarni qo‘riqlashni amalga oshirishi;
(16-
modda birinchi qismining qirq uchinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yil 29-
oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
egasiz mol-
mulk va xazinalar tegishincha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, fuqarolar yoki yuridik shaxslar ixtiyoriga topshirilguniga qadar
ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishi;
o‘ta xavfli va maxsus yuklarni qo‘riqlash hamda kuzatib borish tadbirlarini amalga
oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki
xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarga
identifikatsiyalovchi
ID-
kartalarni, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
harakatlanish hujjatlarini, shuningdek chegara zonasiga
kirish uchun ruxsatnomalar
berishni hamda ularni almashtirishni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el
fuqarolarini va fuqa
roligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash hamda vaqtincha turgan
joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni amalga oshirishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini ko‘rib chiqishi;
(16-modda
bi
rinchi
qismining
qirq
oltinchi
xatboshisi
O‘zbekiston
Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qalbakilik belgilari bo‘lgan hujjatlarni,
shuningdek tegishli asoslarsiz ularda bo‘lgan, muomalada bo‘lishi
taqiqlangan yoki
cheklangan narsalarni bayonnoma tuzgan hamda uning ko‘chirma nusxasini mazkur
fuqarolarga va mansabdor shaxslarga bergan holda olib qo‘yishi;
Oldingi tahrirga qarang.
topib olingan va ixtiyoriy ravishda topshirilgan sanoat uchun mo‘ljallangan
portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari,
psixotrop moddalar, prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlarining tegishli
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi hamda saqlanishi, shuningdek
ularning realizatsiya qilinishi yoki yo‘q qilib tashlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi;
(16-
modda birinchi qismining qirq sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2022-yil 31-
maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan
kuchga kiradi)
xizmatga doir axborotning, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida
o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni
tashkil etuvchi ma’lumotlarning maxfiyligini va saqlanishini ta’minlashi;
karantin, sanitariya-epidemiologiya va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini
o‘tkazishda ishtirok etishi, brakonyerlikka qarshi kurashishda tabiatni muhofaza qiluvchi
organlarga ko‘maklashishi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligini
ta’minlash sohasida, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy
faoliyatni amalga oshirishi, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
bajarishda fan va
texnologiyalar yutuqlarini rivojlantirishi hamda ulardan foydalanishi, yangi usullarni, texnik
va boshqa vositalarni joriy etishi;
ma’lumot-axborot fondlarini shakllantirishi, kriminalistik hisob-axborot tizimini
yaratishi, tezkor-qidiruv va kadrlarga oid hisoblarni, davlat statistika hisobotini va boshqa
statistika hisobotini yuritishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar
ham bo‘lishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: