154
imidji,
zarur xarajatlar miqdori, har bir bozor uchun marketingni belgilash,
raqobatchilarning bozorga kirib borish darajasi va ularning mazkur bozorda egallagan
ulushi hajmini aniqlash zarur.
Tovarni bozorga chiqarish asta-sekinlik bilan yoki blits-kompaniya shaklida
amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, ikkinchi usul kichik kompaniyalar uchun ko‘proq
ma’qul keladi. Kompaniya rivojlangan distribyuterlar tarmog‘i va xalqaro sotuv
kanallariga ega bo‘lsa, bu unga tovarni milliy va xalqaro bozorlarga ularning o‘ziga
xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bir vaqtda olib chiqish imkonini beradi.
Maqsadli bozorni tanlash yangi tovarning bo‘lajak xaridorlari tarkibini
aniqlashga xizmat qiladi. U bo‘lajak xaridorlar tuzilishi va
ixtisoslashishini hisobga
olgan holda amalga oshirilib, ular yangi tovarni sinovdan o‘tkazish bosqichida
baholanadi.
Agar ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun bo‘lajak xaridorlar guruhi
qoidaga ko‘ra ma’lum va bu tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalarni
imzolashda aniqlanadigan bo‘lsa, ommaviy iste’mol tovarlari
uchun esa maqsadli
bozor bazasini firmaning mavjud xaridorlari va ularning izdoshlari tashkil etishi
mumkin. Bu xaridorlar firmaning yangi tovarlarini sotib olishda liderlik qilishi va
tovarlarning boshqa xaridorlar nazarida ijobiy imidjini yaratishi mumkin.
Bu maqsadda
tarmoqli rejalashtirish uslubi
ko‘proq ishlatiladi.
Bu uslubning
mohiyati yangi tovarni bozorga olib kirish bo‘yicha amalga oshirish mumkin bo‘lgan
barcha ishlar tarmog‘ini ularni bajarish uchun sarflanuvchi vaqt va boshqa resurslar
xarajatlarini inobatga olgan holda yaratish, bozorga kirib borguncha bosib
o‘tiladigan, amalga oshirish zarur bo‘lgan hatti-harakatlarni va barcha ishlarni
bajarish muddatini ko‘rsatuvchi yo‘lni izlab topishdan iborat. Bu yo‘lni,
uning
realligi va davom etish muddatini baholash yangi tovarni bozorga olib kirishga
to‘sqinlik qiluvchi barcha sabablarni yo‘qotish uchun chora-tadbirlarni qabul qilish
va tovarni bozorga olib kirish vaqtini bashorat qilishga asos vazifasini bajaradi.
Tarmoqli rejalashtirish uslubidan foydalanish yordamida yangi tovarning
bozorga chiqishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining oldini olish mumkin,
chunki
mahsuldorlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi muvaffaqiyatsizliklar sababini
155
tahlil qilish imkoniyatini yaratadi:
tovarni bozorga olib chiqish davri va vaqtini noto‘g‘ri tanlash;
Dostları ilə paylaş: