158
-
axborot oqimi:
bu oqim ikki yo‘nalishda harakatlanadi: bozor haqidagi
ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonga, taklif qilinayotgan tovarlar haqidagi
ma’lumotlar esa ishlab chiqaruvchi va vositachilarning tashabbusi bilan bozor
tomonga harakatlanadi.
Demak, sotish kanalining mavjudligi ayirboshlash ishtirokchilari o‘rtasida
funksiyalar va oqimlarning taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Tarmoqni tashkil qilishdagi
hal qiluvchi masala ushbu funksiya va oqimlarning zarur yoki zarur emasligi emas,
balki kanal ishtirokchilaridan qaysi biri ularni amalga oshirishidir. Funksiyalarning
taqsimlanishidagi xilma-xillikni bir necha bozorlarda emas, balki bir bozor miqyosida
ham kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: