158
-
axborot oqimi:
bu oqim ikki yo‘nalishda harakatlanadi: bozor haqidagi
ma’lumotlar
ishlab chiqaruvchi tomonga, taklif qilinayotgan
tovarlar haqidagi
ma’lumotlar esa ishlab chiqaruvchi va vositachilarning
tashabbusi bilan bozor
tomonga harakatlanadi.
Demak, sotish kanalining mavjudligi ayirboshlash ishtirokchilari o‘rtasida
funksiyalar va oqimlarning taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Tarmoqni tashkil qilishdagi
hal qiluvchi masala ushbu funksiya va oqimlarning
zarur yoki zarur emasligi emas,
balki kanal ishtirokchilaridan qaysi biri ularni amalga oshirishidir.
Funksiyalarning
taqsimlanishidagi xilma-xillikni bir necha bozorlarda emas, balki bir bozor miqyosida
ham kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: