163
Bevosita sotish kanalini tanlashda bozorni qamrab olish darajasini ta’minlash
uchun
necha vositachi talab qilinadi, degan savol yuzaga keladi. Bozorni qamrab
olish darajasi bozorga kirib borish vazifalarini hal qilish uchun zarurdir.
Bozorni
qamrab olishning turli strategiyalarini ko‘rib chiqish mumkin.
-«Gollivud» firmasi o‘zining saqichini duch kelgan joyda: barcha oziq-ovqat
do‘konlarida,
tamaki rastalarida, kanstovarlar do‘konlarida, savdo avtomatlarida va
hatto dorixonalarda taklif qiladi.
-«Per Karden» firmasi o‘z kiyim-kechak mahsulotlarini
sinchiklab tanlab
olingan ixtisoslashtirilgan do‘konlargagina tarqatadi va bu do‘konlarning eng
yaxshilarida sotishga intiladi.
-«ViEyDji» firmasi o‘z avtomashinalarini eksklyuziv dilerlar orqali sotadi:
bunday dilerlarning har biri o‘z mintaqasiga ega bo‘lib, bu mintaqada boshqa birorta
diler «ViEyDji» markasini taklif qila olmaydi.
«Gollivud» intensiv sotish strategiyasini, «Karden» —
saylanma sotish
strategiyasini, «ViEyDji» esa eksklyuziv sotish strategiyasini amalga oshiradi.
Ma’lum bir tovar uchun strategiyani tanlash tovarning o‘z xususiyatlariga, firmaning
maqsadlariga va raqobatli vaziyatga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: