175
Egiluvchan narx strategiyasi.
Ko‘p holda firmalar turli bozor sharoitlarida
yagona narxni qo‘llamasdan, balki bir qator narxlarni qo‘llashadi. Agar mahsulot har
xil sotib oluvchilarga
turli narxlarda sotilsa, bu narxlar egiluvchan hisoblanadi. Bu
hol sotib oluvchilarning har xilligidan kelib chiqib, ularning narxga bo‘lgan
munosabatlariga
bog‘liq
bo‘ladi. Narxlarning egiluvchanligi mintaqalarga,
sotilayotgan vaqtiga (kuz, qish, bahor, yoz) yoki
mahsulotning segment yoki
shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot tili bilan aytganda, bu
narxlar
diskriminasiyasi
deb ataladi.
Narxning bozorga qarab egiluvchanligi. Bu g‘oya foydali bo‘lishi uchun firma
qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lishi va mahsulotni u uchun yangi
bo‘lgan segmentda xarajatlarni ko‘paytirmasdan sotish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Firma imkoni boricha eng kichik narxni qo‘ysa ham, qilingan to‘g‘ri xarajatlar ham
qoplanishi kerak. Bunday qarashni ro‘yobga
chiqarish, eksport qilish, sotuvchi
markasi ostida qo‘yiladigan tovarlar yoki mahsulotni ba’zi
turdagi aholiga, ya’ni -
talabalar, bolalar, qariyalarga sotish bilan bog‘liqdir. Eng muhimi, bu holda past
narxda sotib oluvchilar mahsulotni yuqori narxda sotib
olib asosiy bozorga halaqit
berishlarini ta’qiqlash kerak.
Mavsumiy egiluvchan narx. Mavsum boshi va oxiriga qarab qanday narx
qo‘yilishi kerak, qaysi vaqtda narx qabul qilinadi. Ba’zi sotib oluvchilar mahsulotni
mavsum boshida sotib olishga tayyor bo‘lib, uning narxiga ahamiyat bermaydilar;
boshqalar bo‘lsa, qachon bo‘lsa ham sotib olishga tayyor bo‘lib,
mahsulotning
narxiga katta ahamiyat qaratadilar.
Bu holda firma mavsum boshida katta narx qo‘yib, mavsum oxiriga kelib
narxni pasaytiradi. Shu sababdan zamonaviy mahsulotlarga mavsumiy narx
pasaytirish, ertalabki spektakllarga narxni pasaytirish va hokazolar qo‘llaniladi.
Mavsumiy narx pasaytirishning asosiy qoidasi - ularning
sotib oluvchilarning
raqamlariga bog‘lab, doimiy bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: