• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
Strategik marketing (1)

monopolistik
yoki 
nomukammal
raqobat vujudga keladi, narx 
belgilashdagi erkinlik raqobatning keskinligiga bog‘liq bo‘ladi; 
Raqobatchilarning xatti-harakatini oldindan bilish uchun ko‘pgina vaziyatlarda 


179 
raqobatchilar bir-biriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va ular uchun asosiy bo‘lgan “bozor 
narxi” mavjud bo‘ladi. 
9.1-jadval 
Narxga bog‘liq qarorlarning raqobatli muhitning xarakteriga bog‘liqligi 
Tovarning his 
Raqobatning intensivligi 
qilinadigan qiymati 
Past 
YUqori 
Quyi 
Differensiallanmagan 
oligopoliya 
Sof raqobat 
YUqori 
Monopoliya yoki 
differensiallangan oligopoliya 
Monopolistik raqobat 
Narx sohasida raqobatni tahlil qilishdan maqsad - raqobatchilarning biror 
harakat yoki qarshi harakat qilish qobiliyatini tahlil qilishdir. Bunda birinchi navbatda 
eng xavfli raqobatchi reaksiyasining elastikligi aniqlanadi.
 
 
9.3. Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi 
Yangi tovarlar uchun narx o‘rnatish boshqa tovarlar bilan solishtirishdan ham 
qiyin bo‘lgan muammodir. Boshlang‘ich narx fundamental ma’noga ega, ishlab 
chiqarishning tijorat va moddiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Talab, harajat, 
raqobat tahlilini olib borishda firma quyidagi ikki strategiyaning birini tanlashi shart: 
yuqori boshlang‘ich narx strategiyasi, talabdan “qaymoq olish” uchun va eng past 
narxni qo‘llab bozor ichiga tez “yorib kirish” strategiyasi. 
“Qaymog‘ini olish” bo‘yicha narx strategiyasi.
Bu strategiyadan aksariyat 
bozorga yangi mahsulotni joriy qilishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir 
yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb e’tirof 
etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni jalb qilish 
maqsadida narx pasaytiriladi. SHunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p miqdorga 
etkaziladi. 
Ushbu strategiya yangi tovarni yuqori narxga sotishni oldindan ko‘ra biladi, 
shunday narxni to‘lashga tayyor bo‘lgan ma’lum bir sotib oluvchilar guruhi bilan 
belgilangan va pul tushumlarining tez tushishiga erishishdir. 
Bu strategiyaning xislatlari ko‘p bo‘lib, uning muvaffaqiyati uchun quyidagi 


180 
shartlarni bajarish zarur: 

yangi tovarning hayotiylik davri qisqa bo‘lishi va raqobatchilarning uni tez 
qaytarishiga olib keladi deyish uchun asoslar mavjud; 

tovar qanchalik yangi bo‘lsa, sotib oluvchida taqqoslash bazasi shunchalik 
kam bo‘ladi va bozorning rivojlanishi sekinlashib, talab noelastik bo‘ladi hamda bu 
narsa firma uchun yuqori narxni belgilash keyinchalik raqobat narxlariga moslashish 
ustunliklarini qiziqish uyg‘otishga sabab bo‘ladi. 
Yangi tovarni yuqori narxda ishlab chiqarish turli narx elastikligiga ega 
bo‘lgan bozorni turli segmentlarga bo‘ladi. Boshlang‘ich narxda kamroq narxni 
sezish xususiyatiga ega bo‘lgan sotib oluvchilardan “qaymoq olish” mumkin. 
Narxning keyingi pasayishlari segmentlarga katta elastiklik bilan kirib borishga yo‘l 
qo‘yadi. Bu narxlarning vaqtincha diskriminasiyasiga asoslanadi. 
Talab qiyinchilik bilan baholashga va tavakkal narxni tushishda bozorning 
kengayishi haqida prognozlar tuzilishiga beriladi. Bunday muammo, masalan ishlab 
chiqarish jarayoni to‘liq bo‘lmaganda va harakatlar kutilayotgan darajadan oshib 
ketish xavfi bo‘lganda kelib chiqadi. 
Firma keng miqyosda yangi tovarlarni ishlab chiqarishda kerakli bo‘lgan 
aylanma vositalari, imkoniyatlari yo‘q va uning sotilishi yuqori narxda uni olishga 
olib kelishi mumkin. 
Firma bozorda yangi tovarlar taklif qilishda monopol holatda bo‘lsa, talab 
taklifdan yuqori, baland narx xaridorlar tomonidan yuqori sifatli tovar belgisi deb 
qabul qilingan vaqtlarda bu strategiya o‘zini oqlaydi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin