189
-reklama iste’molchining tovarning alohida xususiyatlarini aniqlashga
ketadigan vaqti va mablag‘larini tejaydi.
Reklama
rivojlangan sari, uning xilma-xil ko‘rinishlardagi shakllari ko‘payib
bormoqda, shu sababli reklama beruvchilar birgina axborot kanalidan foydalansa
ham, ularning ixtiyorida reklama uslublarining keng assortimenti mavjuddir.
Imidj reklamasi tovarga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning maqsadi xaridorning ushbu
markaga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdan iboratdir. Bu holda «reklama
beruvchilarning ijodiy xatti-harakatlari nafaqat xaridorning darhol reaksiyasiga, balki
keyinchalik xaridga olib keluvchi ijobiy munosabatni
ishlab chiqishga qaratilgan
bo‘ladi».
Bunday reklamaning samaradorligini faqat uzoq kelajakdagina baholash
mumkin. Bu erda munosabat tushunchasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi,
shuning uchun
kommunikasiya ob’ekti vazifasini avvalo tovar konsepsiyasi bajaradi.
Undovchi reklamaning
asosiy vazifasi xaridorning
munosabatlariga emas,
balki uning xatti-harakatlariga ta’sir qilishdan iboratdir. Reklama axboroti tovar yoki
xizmatni xarid qilishga undashi kerak, shuning uchun uning samarasi qisqa muddatli
bo‘ladi va savdoning borishi bilan baholanadi. Bunday reklama uslubi tajovuzkorroq
bo‘lsa-da, u ham aslida imidj yaratish vazifasiga o‘xshab ketadi.
Interaktiv reklama
muayyan bir shaxsga moslashtirilgan reklama axboroti
bo‘lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning javobini rag‘batlantirish
orqali
muloqot o‘rnatishdir. Firma xaridorning javob reaksiyasi asosida tijorat
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi.
Reklamaning bu turi avvalgi ikki reklama uslubining vazifalarini o‘zida
mujassamlashga: imidjni yaratish va ayni paytda axborotning
samarasini darhol
baholashga imkon beruvchi ma’lum bir xatti-harakatlarga erishishga intiladi. Avvalgi
boblarda tavsiflab o‘tilgan aynan mana shu uslub o‘zining interaktiv marketingga
bevosita bog‘liqligi tufayli tez rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: