• Основные стратегические варианты


-uzatkich (alohida shaxs yoki tashkilot) - axborot manbai;  -kodlash



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
Strategik marketing (1)

-uzatkich
(alohida shaxs yoki tashkilot) - axborot manbai; 
-kodlash
- fikrlarni belgilar, tasvirlar, rasmlar, shakllar, tovushlar, tillar va 
hokazolarga aylantirish jarayoni; 
-axborot
- uzatkich orqali berilayotgan belgilar majmui; 
-uzatish
kanallari - signallarni uzatkichdan qabul qilgichga uzatish vositalari; 
-kodni
o‘qish
- qabul qilgichning uzatkichdan kelib tushgan belgilarga ma’lum 
ma’no berish jarayoni; 
-qabul qilgich
- mo‘ljaldagi auditoriya; 
-javob
- qabul qilgichning axborot bilan tanishgandan keyingi reaksiyalari 
majmui; 
-teskari aloqa
- qabul qilgichdan chiqayotgan javoblarning uzatkichga kelib 
tushadigan qismi. 
Tеskari aloqa 
Javob 
Shovqin 
Qabul qilgich 
Kodni qo`yish 
Uzatish 
kanallari 
Kodlash 
Uzatkich 
 
10.1-rasm. Kommunikasiya jarayoni. 
Rasm samarali kommunikasiyaning muhim shartlarini aniqlashga ham imkon 
beradi. Ular ichidan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tamiz: 
1. Kommunikasiya maqsadlari.
Uzatkich qaysi auditoriyalarga qarata 
axborot uzatishni va qanday ko‘rinishdagi javob olishni aniq bilishi kerak. 


185 
2. Axborotni tayyorlash.
Tovardan foydalanib ko‘rganlarning tajribasini va 
mo‘ljaldagi auditoriyaning kodlangan axborotlarni o‘qish jarayonini hisobga olish 
zarur. 
3. Kanallarni rejalashtirish.
Uzatkich o‘z axborotlarini mo‘ljaldagi 
auditoriyaga samarali etkazib beradigan kanallar bo‘yicha uzatishi kerak. 
Bu oxirgi ikki vazifa odatda reklama agentliklari yoki axborot vositalarini 
tanlashga ixtisoslashgan firmalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Axborotning samaradorligi. Uzatkich teskari aloqa signallariga qarab 
mo‘ljaldagi auditoriyaning uzatilayotgan axborotlarga javobini baholashi kerak. 
Marketing konsepsiyasini reklamaga joriy etish xaridorlarning tajribasini 
hisobga oluvchi va ular tushunadigan tildagi axborotlarni ishlab chiqishni ko‘zda 
tutadi. Sanab o‘tilgan samaradorlik shartlari istalgan marketing kommunikasiyasi 
dasturiga kiruvchi qarorlar majmuini belgilab beradi. Kommunikasiya xarajatlarini 
hisobga olish qiyindir. Bu masalaga oid ma’lumotlar tarqoq bo‘lib, xarajat miqdorlari 
turli sohalarda keng doiralarda katta farq qiladi. Umuman olganda, shuni aytish 
mumkinki, shaxsiy kommunikasiya xarajatlari reklama xarajatlaridan ko‘p bo‘ladi, 
buning ustiga ular sanoat tovarlari bozorlarida ayniqsa katta bo‘ladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin