202
kelsa, unda keyingi strategik yo‘llar bo‘lishi mumkin:
segmentlar uchun yangi
tovarlarni yaratish; jami bozorlarni qamrab olish uchun markalar sonini uzluksiz
o‘stirish; qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini egallash va h.k.
Agar firma maqsadi bozorni strategik rivojlanishini amalga oshira borib sotish
hajmini o‘stirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, quyidagi strategik yo‘llarni ko‘rib o‘tish
mumkin:
sotish joylarini kengaytirish, potensial mijozlar sonini o‘stirib sotish
jadalligini oshirish.
Strategiyani bayon qilish umumlashtiruvchi hujjat bo‘lib, qo‘yilgan maqsadga
erishish usullarini aniqlash lozimdir. Bu faqat marketing
sohasida harakatga
mo‘ljallanmay, balki ishlab chiqarish, texnikaviy ishlanmalar va moliyaviy xizmatga
ham mo‘ljallanadi. Ushbu hujjat rejalashtirish jarayonining boshqa bosqichlarida ham
asos bo‘lib xizmat qiladi. Strategiya bayoni quyidagi elementlarini o‘z ichiga olishi
lozim:
bir yoki bir necha maqsadli segmentlarni aniqlash;
tovar ishlab chiqaruvchi talablar;
sotish kanallari;
narxlar va sotish sharoiti;
savdo xodimlari, uning vazifalari va uni tashkil etish;
reklama va sotishni rag‘batlantirish;
sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolat, xizmatlar bozorni tadqiq qilish.
Bu hujjat uch-to‘rt betdan iborat bo‘lib, firma rahbariyatiga tavsiya etish uchun
ko‘rsatiladi.
Rejalashtirishning juda aniq olib borishda ham firmaning tashqi muhitida
kutilmagan muammolar tug‘iladi. Bular Ansoffning fikricha “strategik syurprizlar”
deyiladi. Inqiroz quyidagi 4 elementlar bilan tavsiflanadi:
1.
Voqea to‘satdan tug‘iladi;
2.
U shunday muammoni qo‘yadiki, firma tajribasida
avvallari bunaqa
bo‘lmagan;
3.
Tezda reaksiyaga moslasha olmaslik moliyaviy yo‘qotishlarga yoki qo‘yib
yuborilgan imkoniyatlarga olib keladi;
203
4.
SHoshilinch reaksiyalar zarur bo‘ladi.
Strategik marketing rejasi moliyaviy reja bo‘lib, balki moliyaviy oqimlarni
belgilash va manbalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lib, amalda u firmani iqtisodiy
faolligini aniqlaydi va bevosita barcha qolgan funksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: