11.4- rasm. Firmaning strategik missiyasini ishlab chiqishda hisobga
olinadigan omillar
Asosiy strategik variantlar. Rahbariyat tomonidan belgilab berilgan keng
ko‘lamli maqsadlarga qo‘shimcha ravishda firmaning istak-xohishlarini, ya’ni uning
asosiy bozordagi umumiy siyosatini va u erda egallamoqchi bo‘lgan mavqeini
aniqlab olish ham foydalidir. Gap yuqorida ko‘rib o‘tilgan raqobatli strategiyalar
haqida, masalan, peshqadam firmaning strategiyalari haqida bormoqda. Tabiiyki, bu
maqsadlar mavjud vositalargayarasha bo‘lishi va bundan kelib chiqadigan
pozitsiyalarga mos kelishi lozim.
Hayotiy bir misolni ko‘rib chiqaylik. X kompaniyasi eng kuchli beshta
texnologik jihatdan peshqadam firmalar qatoriga kirmoqchi, bu firmalar saqlash qiyiq
bo‘lgan moddalar (aerozollar, maxsus ichimliklar, kimyoviy reagentlar va hokazo)
uchun maxsus qattiq idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Maqsad: har bir
mahalliy bozorda 20 % dan 40 % gacha bo‘lgan ulushga erishish. Firmaning o‘sishi
uncha katta bo‘lmagan markazlashtirilmagan zavodlar yordamida ta’minlanadi, bu
zavodlar tovarlarni kam transport xarajatlari bilan tezkor tashish mumkin bo‘lgan
tarzda joylashtirilgan.
Strategik maqsadlarni ifodalashda avvalgi boblarda aytib o‘tilgan asosiy
strategiyalarni (xarajatlarni tejash hisobiga ustunlikka erishish, differensiasiya yoki
konsentrasiya) hamda raqobatli ustunlikning tanlangan variantini ham e’tiborga olish
lozim. Rejalashtirishning bu bosqichida gap faqat har bir biznes birligi uchun ishlab
200
chiqarilgan harakat dasturlarida miqdoriy atamalarga aylantiriladigan umumiy
yo‘nalish haqida bormaydi.
Tashqi omillar tahlilida muhitni jalb etuvchanligi muhim o‘rin egallaydi. Bozor
imkoniyatlari tahlili vazifasini amalga oshirish uchun tovarlarning hayotiylik davrini
o‘rnatish va bular asosida bozor sig‘imiga miqdoriy baho berish kerak.
Global bozor evolyusiyasi imkoniyatlari quyidagi savollarga javob topadi:
1.
Global bozor sig‘imi qanday?
2.
Qanday o‘rin imkoniyatlariga ega (o‘sish, to‘xtab qolish, inqiroz)?
3.
Mijozning, oilaning, aholining jon boshiga iste’moli qanaqa?
4.
Firmaning ta’minlanish darajasi qanday?
5.
Tovar xizmatining o‘rtacha muddati qanday?
6.
Qanday reklama vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq?
7.
Sotish tizmining tuzilishi qanday va hokazolar.
Bundan tashqari xaridorlarning xulq-atvori tahlil qilinadi. Bunda quyidagi
savollarga javoblar izlanadi: xarid haqida qaror qabul qiluvchi markaz tuzilishi
qanday? kim xaridor, foydalanuvchi, qaror qabul qiluvchi shaxs, maslahatchi
hisoblanadi? xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni qanday? qondirilganlik va
qondirilmaganlikning
sabablari
nimada?
marketingning
qanday
omillariga
xaridorlarning e’tibori ko‘proq?
Sotishning tuzilish tahlili esa iste’mol tovarlari bozori uchun muhim bosqich
hisoblanadi. Raqobatchilar tuzilishi tahlil qilinib, firma o‘zining o‘sish maqsadiga va
rentabelligiga erishish lozim bo‘lgan sohada tahlil olib boriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilar bor yo‘qligi, 3-5 yirik raqobatchilar qanday
bozor ulushiga ega ekanligi, raqobatchilar markasi qanchalik kuchliligi, yangi
raqobatchilarni bozorga kirish uchun qanday to‘siqlar mavjudligi, qanday tovarlar
o‘rinbosar tovarlar hisoblanadi, kabi savollar raqobatchilar tuzilishining tahliliga
yordam beradi.
Ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy muhitlar tahlilida bozor rivojini ta’sir etuvchi
makroiqtisodiy omillar: demografik, iqtisodiy, texnologik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy,
madaniy va ekologik omillar hisobga olinadi.
201
Strategik rejalashtirish jarayonida raqobatdoshlik tahlili, firmaning kuchli va
kuchsiz tomonlari, firma uchun bozor mavqei tahlili, obro‘li raqobatchilar tahlili,
sotish tizimiga yorib kirish tahlili, shuningdek kommunikasiya dasturi tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |