169
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo‘llanayotgan quyidagi ilg‘or
usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:
chakana savo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda
kataloglar bo‘yicha nooziq-ovqat mahsulotlarini sotish;
shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga, qat’iy interer,
uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi
tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qismi;
“qulay do‘konlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi oziq-
ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida
xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan
ilg‘or usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo‘llar xaridorga yanada ko‘proq turli
xil xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga bo‘lgan narxni tushirish bo‘lib hisoblanadi.
Bulardan savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: