• Основные стратегические варианты


Avval tanlanadigan tovarlar



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169
Strategik marketing (1)

Avval tanlanadigan tovarlar
. Bu tovarlar o‘rtacha xatar toifasiga kiradi. 
Iste’molchi o‘ziga tanish markalarni turli mezonlar bo‘yicha, masalan, o‘zining 
maqsadi, o‘zi yoqtirgan uslub, narx va sifatga mos kelishi bo‘yicha taqqoslab ko‘radi. 
Avvalgi boblarda ko‘rsatib o‘tilganidek, xaridorning xulq-atvor cheklangan 
rasionallik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu odatdagi hol emas. Bunday turdagi 
tovarlarga nisbatan iste’molchi o‘z vaqtini bozorda mavjud bo‘lgan turli takliflarni 
chamalab ko‘rish uchun sarflashga tayyordir. Bunday tovarlar toifasiga mebel, kiyim-
kechak, audio va videoapparaturalar, ya’ni har kuni sotib olinmaydigan qimmatbaho 
tovarlar kiradi. Odatda, xarid qilishdan avval iste’molchilar bir necha savdo 
shohobchalariga borib ko‘radi, bunda sotuvchilar o‘z maslahat va tavsiyalari bilan 
ularga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu toifadagi tovarlar uchun bozorni katta 


165 
miqyosda qamrab olish shart emas va sotuvchining roli hisobga olinsa, saylanma 
savdo ustunroq. 
Maxsus ehtiyoj tovarlari.
Bu noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar 
bo‘lib, ularni topish va sotib olish uchun iste’molchi ko‘p kuch sarflashga tayyor 
bo‘ladi. Bularga avvalo lyuks toifasiga kiruvchi maxsus tovarlar: avtomobillarning 
nufuzli modellari, eng yaxshi poyzafzal modellari, tansiq taomlar, so‘nggi modadagi 
buyumlar kiradi. Xaridor bunday tovarlarni sotib olishda markalarni taqqoslab 
o‘tirmaydi. U o‘zining nimani istayotganligini aniq bilgan holda o‘zi xohlagan marka 
sotilayotgan savdo shoxobchasini izlaydi. Bu erda xaridorning tovar yoki markaning 
bir yoki bir necha belgili xossalariga o‘chligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunday turdagi 
tovarni ishlab chiqaruvchilar saylanma yoki eksklyuziv sotish bilan cheklanishlari 
mumkin. Bunda savdo shohobchalarining topishga oson joyda bo‘lishi ham shart 
emas, xaridorlar ularning qaerda joylashganligini bilishsa bo‘ldi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin