• Основные стратегические варианты


Iste’mol tovarlarining tipologiyasi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Strategik marketing (1)

Iste’mol tovarlarining tipologiyasi.
Iste’mol bozorlarida bozorni qamrab 
olish strategiyalarini tanlash ko‘proq darajada tovarning turiga mos holda 
xaridorlarning barqaror ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda kundalik iste’mol 
tovarlari, avval tanlanadigan tovarlar, alohida ehtiyoj tovarlari va passiv iste’mol 
tovarlari ajratiladi. 
8.1-jadval 
Iste’mol tovorlari tipologiyasi 
Iste’mol tovarlari tipologiyasi 
Kundalik iste’mol tovarlari: 
- doimiy talabdagi asosiy 
tovarlar 
(go‘sht,sut, 
yog‘, 
sovun va h.k.) 
-impulsiv 
tarzda 
sotib 
olinadigan tovarlar (saqich, 
gazeta). 
-favqulodda holatlar uchun 
tovarlar (dori-darmon, zont) 
Dastlabki 
tanlov 
asosida 
olinadigan 
tovarlar 
(kiyim-
kechak) 
a) o‘xshash tovarlar 
b) 
alohida 
ko‘rinishdagi tovarlar 
(audio, video) 
Alohida 
talabdagi 
tovarlar 
(avtomobillar, 
maxsus mebellar) 
Passiv 
talabdagi 
tovarlar 
(notanish 
tovarlar) 


164 
Kundalik iste’mol tovarlari.
Bu tez-tez sotib olinadigan, kam miqdorda va 
sotib olishda kam kuch sarf qilinadigan iste’mol tovarlaridir. Sotib olish paytida xulq-
atvor odatdagidek bo‘ladi. Tovarlarning bu toifasini uch guruhga bo‘lish mumkin: 
kundalik ehtiyoj buyumlari, impulsiv xarid tovarlar va favqulodda holatlar uchun 
tovarlar. 
Kundalik ehtiyoj buyumlari tez-tez sotib olinadigan tovarlardir (ichimliklar, 
chiroqlar, sut). Xarid jarayoni bir marka yoki savdo shoxobchasiga o‘rganganlik 
tufayli osonlashadi. Xarid haqidagi qaror, masalan, tez-tez takrorlanib turadigan 
reklama tufayli avvaldan qabul qilingan bo‘ladi. 
Impulsiv xarid tovarlari o‘ylab o‘tirmay sotib olinadi (saqich, chipslar, 
shirinliklar). Bunday tovarlarni istalgan joylardan sotib olish mumkin bo‘lishi lozim 
(kassa apparatlari oldida, savdo avtomatlari yonida). 
Favqulodda holatlar uchun tovarlar birdan ularga ehtiyoj tug‘ilib qolgan 
paytlarda sotib olinadi, masalan yomg‘ir paytida zont, aspirin. Firma bunday 
tovarlarga nisbatan strategiya tanlay olmaydi. Bunday tovarlar bozorni maksimal 
darajada qamrab olishni talab qiladi, chunki agar xaridor tovarni zarur paytda va 
kerakli joyda topa olmasa, u baribir boshqa markali tovarni sotib oladi va sotish 
imkoniyati qo‘ldan boy beriladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin