• Основные стратегические варианты


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   169
Strategik marketing (1)

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Sotish kanalining funksiyalari nimalardan iborat? 
2.
Vertikal marketing tizimi deganda nimani tushunasiz va uning qanday turlari 
mavjud? 
3.
Bozorni qamrab olish strategiyasining mazmunini tushuntirib bering. 
4.
Eksklyuziv sotish tizimi deganda nimani tushunasiz? 
5.
Franshiza nima va uning qanday turlarini bilasiz? 
6.
Sizga basseynlardagi suvni tozalash uchun kimyoviy reagentlarni sotishni 
tashkil qilish topshirilgan. Ushbu tovarni qanday savdo tarmoqlari orqali o‘tkazish 
mumkin? 
7.
Xorijiy mamlakatlarda tovar sotishni qanday ilg‘or shakllaridan foydalanadi? 
8.
Taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari xaqida tushuncha bering. 
9.
Taqsimot kanallarining qanday bosqichlari mavjud? 
10.
Bevosita marketing deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 


172 
9-BOB. NARXNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA
STRATEGIK QARORLAR 
 
9.1. Marketing strategiyasidagi narxning roli 
 
Har bir tovar o‘z narxiga ega, ammo hamma firmalar ham o‘z tovarini 
sotmoqchi bo‘lgan narxni mustaqil belgilashga qodir bo‘lavermaydi. Agar tovarlar 
differensiyalanmagan bo‘lib, raqobatchilari soni ko‘p bo‘lsa, firma bozorda 
salohiyatga ega bo‘lmaydi va bozor belgilagan narxni qabul qilishga majbur bo‘ladi. 
Agar firma strategik marketingni rivojlantirib, shu tufayli bozorda ma’lum bir 
salohiyatga erishgan bo‘lsa, narxni belgilash tanlangan strategiyaning muvaffaqiyati 
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. YAqin paytlargacha ham narx 
to‘g‘risidagi qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinib kelar edi, 
ya’ni narxlar asosan xarajatlar va rentabellik nuqtai nazaridan belgilanar edi. 
Iqtisodiy turbulentligi inqirozli yillarning ahvolni o‘zgartirib yubordi: yuqori 
inflyasiya, xom ashyo narxlarining o‘sishi, foiz stavkalarining o‘sishi, narxlarning 
nazorat 
qilinishi, 
raqobatning kuchayishi, 
xarid 
qobiliyatining 
pasayishi, 
konsyumerizm omillarning barchasi narx shakllanishining strategik rolini kuchaytirib 
yubordi. Narx belgilashning marketingdagi ahamiyatini qayd etib o‘tgan holda, 
xarajatlar, raqobat va talabdan kelib chiqadigan narx strategiyalarini izchillik bilan 
tahlil qilib chiqamiz. 
Firma miqyosida narx ikki xil rol o‘ynaydi: bir tomondan u reklamaga o‘xshab 
talabni rag‘batlantirish vositasi bo‘lsa, shu bilan birga ayni paytda u uzoq muddatli 
rentabellikning asosiy omili hamdir. SHuning uchun, narx strategiyasini tanlashda 
xarajatlar va rentabellik bilan bog‘liq ichki cheklashlarni ham, bozorning xarid 
qobiliyati va raqobatchi tovarlarning narxlari bilan bog‘liq tashqi cheklashlarni ham 
hisobga olish lozim. Undan tashqari, narxlarga oid qarorlar tovarni pozitsiyalashga 
oid qarorlar bilan va sotish strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Tovarni xarid qilishning to‘la qiymati. Ilgari aytib o‘tilganidek, xaridorning asl 
xarajatlari faqat to‘langan narx emas, balki ayirboshlash shartlari bilan ham 


173 
belgilanadi. Bu xarajatlar egalik huquqining o‘tishidagi muayyan jarayonni: to‘lov 
tartibi, etkazib berish shartlari va muddatlari, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish va 
hokazolarni to‘lig’icha qamrab oladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin