15
bozorni qudratli kommunikasiya usullari yordamida istalgan
narsani qabul qilishga
majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari
ko‘pincha xaridorlarning aniq ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog‘liq
bo‘lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni
savdoni amalga
oshirishga qaratiladi. SHuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va
marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega.
Marketing
strategiyasi
firma
imkoniyatlarini
bozordagi
holatga
muvofiqlashtirish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini
belgilashdan iborat. Amerikalik etuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya
deb, o‘z mohiyati jihatidan tashkilotning o‘z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida
qo‘llash uchun mavjud bo‘lgan qoidalar majmuiga aytiladi.
Strategiya - bir muncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi
sifatida namoyon bo‘ladi. Strategiya aniq sharoitda va o‘zgarishlar ta’sirida
oydinlashtirilib, orientirlarga aylanadi.
Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda,
tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik
siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi - taktika tarzida ushbu
strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o‘zaro
bir-biri bilan besh
asosiy jihat - bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va
muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan
iborat.
Bu holda
Dostları ilə paylaş: