12
Bugungi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida uchraydigan
muammolarni zamonaviy marketing tizimini samarali
tashkil etish orqali echish
vazifasi turibdi. Marketing tizimi korxonalarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga
erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida tartibga solishning bugungi bosqichida
to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Bunda
korxonaning faoliyati bozorni o‘rganish, tadqiq qilish, ishlab chiqargan
mahsulotlarining reklamasini uyushtirish, tovarni to iste’molchi qo‘liga etib borgunga
qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda qatnashishdan iborat bo‘ladi.
Hozirga kelib respublikamizdagi marketing faoliyati ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni sotish bilan cheklanmagan holda iste’molchilarning ehtiyoj va
talablarini jiddiy o‘rganish va tezkor moslashishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Iste’molchilarning tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish
marketing va bozor
iqtisodiyotining o‘zagidir. Marketing, bir tomondan, bozorni, talab, didlar va
ehtiyojlarni mukammal va har taraflama o‘rganishni; ishlab chiqarishni talabga
yo‘naltirishni;
boshqa tomondan, bozorga mavjud talabni, ehtiyojlarni va
iste’molchilar ustunliklarning shakllanishiga faol ta’sir etishni ko‘zda tutadi.
Marketing strategiyasi – korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni
tanlash,
rejalarni ishlab chiqish, marketing chora – tadbirlarini amalga oshirish va
ularni ruyobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir.
Har qanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi uchun o‘zi marketing
strategiyasini tanlab olishi lozim. Bunda korxonaning imkoniyatlari bozor talablariga
muvofiqlashtirilib, marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istiqbolini
belgilash, tovar va iste’molchilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini ham tayyor
raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarishga, ularning eksport hajmini oshirishga
qaratilganligi ham ushbu fikrlarni tasdiqlaydi. Respublikamizda ishlab chiqarish
korxonalarida raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish bugungi kunda muhim
13
ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqida davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
ta’kidlanishicha, “...iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma–
bosqich kamaytirish”
1
raqobatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Firma tomonidan eng avval qabul qilinadigan strategik qarorlardan biri -
raqobatli kurash olib bormoqchi bo‘lgan bozorni tanlab olishdir. Asosiy bozorni
tanlash bozor ehtiyojlari va xulq-atvori yoki asos-daliliy tavsiflari o‘xshash bo‘lgan
iste’molchilardan tashkil topgan tarkibiy qismlarga ajratishni ko‘zda tutadi. Bu
tarkibiy qismlar firma uchun qulay marketing imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Bu
o‘rinda segmentlash jarayoni firma uchun strategik ahamiyatga egadir, chunki uning
natijasida firmaning faoliyat ko‘rsatish sohasi
va tanlangan bozorlarda
muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillari ham aniqlanadi.
Mazkur darslikda strategik marketing – tahlil jarayoni sifatida korxonada
marketingni roli, marketing va ehtiyojlarni qondirlishi, bozor segmentatsiyasi
vositada ehtiyojlar tahlili, firmaning
raqobatbardoshligi tahlili, marketing
strategiyasini tanlash kabi mavzular berilgan bo‘lsa, operatsion marketing – faol
jarayon sifatida yangi tovar ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, narxni tashkil etish,
sotish va kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar, strategik marketing rejasi
kabi mavzular o‘z ifodasini topgan.
Darslik “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi
talabalari, magistrlari, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish kursi tinglovchilari,
marketing sohasi bo‘yicha keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.