26
1.4. Marketingni ustuvor rolining o‘zgarishi
Bozor raqobati sharoitida kommunikasiya va ayirboshlashni
amalga oshirish
nuqtai nazaridan qaraganda, hozirda kuzatilayotgan yuksalishga qaramay, marketing
faoliyatining yangi turi emasligi shubhasizdir, chunki u har doim ham mavjud bo‘lib
kelgan va erkin ayirboshlashga asoslangan har qanday tuzimda ham u yoki bu tarzda
ko‘rib chiqilgan vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Firmaning marketing funksiyasini barpo etish, so‘ngra
uni kuchaytirish
zaruratining yuzaga kelishiga texnologik, iqtisodiy va raqobat muhitlarining
murakkabligi sabab bo‘ldi. Marketingning bugungi kundagi
rolini yaxshiroq anglab
olish uchun ushbu evolyusiyaning tarixini ko‘rib chiqish qiziqarlidir. Bu erda uch
bosqichni ajratib olish mumkin, ularning har biri marketingning
ustuvor maqsadi
bilan tavsiflanadi:
passiv marketing; tashkiliy marketing; faol marketing.
Passiv marketing
cheklangan taklif sharoitida yirik potensial bozor mavjud
bo‘lgan, ishlab chiqarish quvvatlari bozor ehtiyojlarini
qondirish uchun etarli
bo‘lmagan iqtisodiy muhitga xosdir. SHunday qilib, talab taklifdan ko‘p. Passiv
marketing mazkur bozordagi ehtiyojlarning ma’lum va barqaror bo‘lishini,
texnologik jarayonning esa sekinlik bilan borayotganligini ko‘zda tutadi.
Ko‘rinib
turibdiki, taklif etarli bo‘lmagan hollarda marketing cheklangan va
passiv rol o‘ynaydi. Strategik marketing tabiiy tarzda faoliyat ko‘rsatadi, chunki
ehtiyojlar ma’lum. Operasion marketing tayyor tovarlar
oqimini tashkil qilishdan
iborat bo‘ladi, ularni ilgari surish borasidagi faoliyat esa ortiqcha hisoblanadi, chunki
firma bozorni o‘z ko‘nglidagidek ta’minlay olmaydi. Bozor bilan muloqotlar
ko‘pincha tovarning birinchi xaridori bilan cheklanadi, bu birinchi xaridor ko‘pincha
vositachi, ulgurji savdogar yoki sanoat tovarlarining distribyutori bo‘ladi. SHu
sababdan pirovard talab bilan o‘zaro ta’sirlashuv unchalik katta bo‘lmaydi, bozor
tadqiqotlari esa tez-tez o‘tkazib turilmaydi. Bunday
ahvol firmaning tashkil
qilinishida ham aks etadi, firmada operasion funksiya ustunlik qiladi, ishlab chiqarish
quvvatlarining rivojlanishi va unumdorlikning oshirilishi esa asosiy ustuvor
yo‘nalishlar bo‘ladi. Marketing ishlab chiqarilgan tovarning sotilishiga xizmat qiladi.
27
“Tovar konsepsiyasi”ni qabul qilgan firmaning tarkibiy tuzilishi quyidagi
xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
-
Dostları ilə paylaş: