29
tijoratlashtirish jarayoni tushunchasiga to‘g‘ri keladigan barcha vazifalarni
bajarishdan iborat.
Tashkiliy
tizimga kelsak, ustuvor yo‘nalishlarning bunday o‘zgarishi sotish
bo‘yicha direksiya yoki tijorat direksiyasining paydo bo‘lishiga olib keladi va
funksiyalarning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Sotuvlar bo‘yicha direksiyaning
vazifasi savdo tarmoqini shakllantirish, jismoniy sotish, reklama va o‘tkazuvni tashkil
qilishdir.
Bu direksiya, shuningdek bozorni tadqiq qilish dasturlari bilan
shug‘ullanadi, bu dasturlar, masalan,
xaridorlarning odatlarini, reklamaning
samaradorligini, savdo markalari va o‘ramlari sohasidagi siyosatning ta’siri va
boshqalarni tahlil qilishda tobora kattaroq ahamiyat kasb eta boshlamoqda.
Faol marketing
bosqichida strategik marketing
rivojlanadi va uning roli
kuchayib boradi. Bu rivojlanishning zamirida uchta omil yotadi:
-texnologik taraqqiyot tarqalish tezligining ortishi;
-bozorlarning etukligi va asosiy bozor ehtiyojlarining progressiv
to‘yinishi
;
-xalqaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarning birin-ketin bekor qilinishi oqibatida
bozorlarning yanada baynalminallashuvi.
O‘zgarishlarning uchta omilini, shuningdek ularning
marketing funksiyasiga
ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Texnologik taraqqiyotga kelsak, bu davrni ixtirolar davridan ko‘ra
innovasiyalar davri
deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Innovasiya bilan ixtiro o‘rtasidagi
farqni ajratib olish muhim.
Dostları ilə paylaş: