31
Marketing konsepsiyasiga rioya qiladigan firmalarda
marketing direksiyasi
mavjud bo‘lib, uning funksiyalari strategik va operasion marketingni, shu jumladan
bozorlarni tanlash kabi vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi.
Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida uzoq muddatli
marketing faoliyatiga oid
bo‘lgan qarorlar qabul qilish etakchi o‘rinda turadi. Bu marketing xarajatlari kapital
xarajat sifatida va uzoq muddatda o‘z samarasini berayotgan vaqtda bozorga
yondashuv global yondashuv zaruratidan kelib chiqadi.
Eng muhimi, korxona maqsadli bozorning vujudga kelgan tarkibi sharoitida
korxona
uchun ham, iste’molchi uchun ham sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish
xarajatlarining bir texnologiyasini ishlab chiqarishdir. Iste’molchi mahsulotni sotib
olish va foydalanishda to‘liq xarajatlar qiymatini bilishi zarur bo‘lsa, korxona uzoq
muddatga mo‘ljallangan marketing xarajatini to‘liq o‘z-o‘zini qoplashini bilishi zarur.
Marketing strategiyasini tashkil qiluvchi qaror
qabul qilishning maqsadi -
iste’mol talabiga ta’sir qilishdir. Uning vositalari esa tovarning sifati va assortimenti,
baholar, ustama va chegirmalar, xizmatlar to‘plamlari, etkazib berish tizimi va
boshqalardir.
Yangi tovarlar ishlab chiqarishga qo‘yiladigan
asosiy talablardan biri, ularni
ekologiyaga, atrof-muhitga va inson salomatligiga ziyon etkazmaydigan bo‘lishidir.
Bunday tovarlar ishlab chiqarish yuzasidan butun dunyoda marketing tadqiqotlari
olib boriladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu
tadqiqotlar katta kompaniyalar,
korporasiyalar va firmalar homiyligida o‘tkaziladi va ularning natijalari korxonalar
tomonidan qo‘llaniladi. Ilmiy izlanishlar ham katta mehnat unumdorligini oshirishga
xizmat qilsa, jamiyat va alohida iste’molchilarning talablariga har tomonlama javob
beradigan tovarlar miqdori va sifatini oshiradi.
Marketing ham butun bozor iqtisodiyoti kabi har bir aniq sharoit, har bir firma,
har bir mahsulot turi yoki xizmat
sohasiga alohida yondashishni, ijodiy izlanishni
talab qiladi.
Mamlakatimizda vujudga kelgan iqtisodiy, ma’naviy,
ekologik vaziyatni
hisobga oladigan bo‘lsak, yurtimizni kelajakda farovon, xalqimizni tinch va sog‘lom
bo‘lishini istasak, har qanday darajadagi marketing faoliyati faqat foyda va talabni
32
qondirish emas, balki inson, jamiyat va tabiatning sog‘lig‘ini ham hisobga olish shart.
SHunday ekan, ijtimoiy-axloqiy marketingni shakllantirishni tezlashtirish,
bozor
iqtisodiyotiga o‘ta borgan sari uni yuksakroq pog‘onaga ko‘tarib borish -
mamlakatimizning hozirgi va kelajagi uchun obektiv zaruratdir.
Dostları ilə paylaş: